Kontent qismiga oʻtish

Statotsistlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Eshitish pufakchasidan yoʻnaltirildi)

Statotsistlar (yun. statos — turgan, qarakatsiz va ... sista), eshitish pufakchasi — umurtqasiz hayvonlarning muvozanat organlari; tana qoplogʻichi ostida joylashgan chuqurcha yoki pufakcha shaklida; ayrim hayvonlar (meduza, dengiz tipratikanlari)da tana yuzasiga boʻrtib chiqib turgan qadahsimon oʻsimtadan iborat. S boʻshligʻidagi suyuqlikda 1 yoki bir necha otolitlar (statolitlar) joylashgan. Tana holati oʻzgarganda otolitlar joyidan surilib, pufak devoridagi kiprikli epiteliyning sezgir hujayralarini yoki retseptor hujayralar bilan bogʻlangan xitin tukchalarni (boʻgʻimoyoklilarda) qoʻzgʻatadi. Nerv impulsi markaziy nerv sistemasiga oʻtib, u yerda organizmni oʻz holatiga qaytaradigan javob harakatlanish reaksiyasini paydo qiladi. S. tuzilishi va funksiyasi umurtqali hayvonlarning ichki qulogʻida joylashgan makulaga oʻxshab ketadi.