Yesil (tuman, Shimoliy Qozogʻiston viloyati)
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Shimoliy Qozogʻiston viloyati |
Maʼmuriy markazi | Yavlenka |
Asos solingan sanasi | 1928-yil |
Akim | Nurakayev Yerik Yesimovich |
Rasmiy tillar | qozoq, rus |
Aholi (2010) | 33,054 |
Zichligi | 6,4 kishi./km² |
Millatlar tarkibi |
Ruslar - 48,38% Qozoqlar - 43,12% Ukrainlar - 2,79% Olmonlar - 2,55% Tatarlar - 0,62% Beloruslar - 0,50% Polyaklar - 0,41% [1][2] |
Dinlar tarkibi | Xristianlar, Musulmonlar |
Maydoni | 5,14 ming km² |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +7 71543[3] |
Pochta indeksi | 150500-150520[4] |
Avtomobil raqami kodi | T, 15 |
Rasmiy sayti | http://www.esl.sko.kz |
Xaritada | |
54°21′0″N 68°27′0″E / 54.35000°N 68.45000°E |
Yesil tumani — Shimoliy Qozogʻiston viloyatining janubi-gʻarbiy qismidagi hududda joylashgan. Yesil tumani 1997-yilning 17-aprelgacha Lenin, undan keyin Moskva nomlari bilan ataldi. Viloyat markazidan 74 km uzoqlikda joylashgan. Maydoni 5,14 ming km2. Aholisi 33 054 kishi (2010). Tuman markazi — Yavlenka qishlogʻi.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuman aholisi 1-yanvar 2010-yilgi statistika boʻyicha 33 054 kishini tashkil qildi.[1][2] Tuman aholisining zichligi 6,4 kishi/km².
Aholining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil)[1][2]:
- ruslar — 15 993 kishi (48,38 %)
- qozoqlar — 14 252 kishi (43,12 %)
- ukrainlar — 922 kishi (2,79 %)
- olmonlar — 843 kishi (2,55 %)
- tatarlar — 205 kishi (0,62 %)
- beloruslar — 164 kishi (0,50 %)
- polyaklar — 136 kishi (0,41 %)
- chuvashlar — 90 kishi
- armanlar — 55 kishi
- boshqalar — 394 kishi (1,19 %)
- Umumiy — 33 054 kishi (100,00 %)
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iqlimi keskin kontinentli: yanvarda oʻrtacha harorat −19 °C, iyulda 20 °C. yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 300 – 350 mm. Yer havzasi suvlarini, tuman hududining janubi-gʻarbidan oqib oʻtuvchi Yesil daryosining oʻrta qismi va oz miqdordagi koʻllar tashkil qiladi. Katta koʻllari: Yesilning soʻng tomonidagi Alba, Kindikti, Qamisti, oʻng tarafidagi Jaltirkoʻl, Tarankoʻl, Sarikoʻl, Jilandi, Baliqti.
Aholi punktlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Katta qishloqlari: Yavlenka, Amangeldi, Petrovka, Nikolaevka, Pokrovka, Ilinka, Besqudiq, Bulaq, v.h.
Qishloq xoʻjaligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yesil tumani asosan, qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanadi. Qishloq xoʻjaligiga foydalanadigan yer maydoni 454,9 ming ga.ni tashkil qiladi. Ekinzorining 70 %-ga yaqinini bashoqli oʻsimliklar tashkil qiladi. Chorvachiligida asosan sigir, yilqi, qoʻy va choʻchqa boqaladi. Tumanda 2 moy zavodi, non kombinati faoliyat yuritmoqda.
Ijtimoiy soha
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tumanda 1 kasbiy-texnik maktab, 1 qishloq xoʻjalik kolledji, 54 oʻrta maktab, 56 shifokorlik punkt, 3 kasalxona, 10 shifokorlik ambulatoriya, 43 feldsher-akusherlik punkt faoliyat yuritmoqda.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Агентство Республики Казахстан по статистике. Численность населения Республики Казахстан по областям, городам и районам, полу и отдельным возрастным группам, отдельным этносам на начало 2010 года
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Национальный состав населения Казахстана по переписи 2009
- ↑ Shimoliy Qozogʻiston viloyatining telefon kodlari
- ↑ Почтовые индексы Казахстана