Kontent qismiga oʻtish

Shelda

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Eskodan yoʻnaltirildi)

Shelda, Esko — Yevropadagi daryo, Fransiya, Belgiya va Niderlandiya hududlaridan oqadi. Uzunligi 450 km, havzasining maydoni 35,5 ming km². Flandriya tekisligi boʻylab oqadi va estuariy hosil qilib, Shimoliy dengizga quyiladi. Asosiy irmoqlari — Lis (chapdan) va Ryupel (oʻngdan). Oʻrtacha suv sarfi 100 m³/sek., quyi qismida dengiz suv koʻtarilishlari roʻy beradi. Daryoda kema qatnaydi, Antverpen shahrigacha dengiz kemalari ham kira oladi. Kanallar orqali Sena, Somma, Maas daryolari bilan bogʻlangan. Sh. boʻyida Gent, Antverpen shahrilari joylashgan.