Kontent qismiga oʻtish

Gustave Eiffel

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Eyfel Aleksandr Gyustavdan yoʻnaltirildi)
Gustav Aleksandr Eyfel
Gustave Alexandre Eiffel
Tavalludi 15-dekabr 1832-yil
Vafoti 28-dekabr 1923-yil(1923-12-28)
(91 yoshda)
Parij
Fuqaroligi Fransiya

Eyfel Aleksandr Gyustav (1832.15.12, Dijon 1923.28.12, Parij) — fransuz quruvchi muhandisi. Parijdagi Sanʼat va hunarmandchilik markaziy maktabini tugatgan (1855). Metall konstruksiyalardan foydalanib, koʻpriklar, viaduk va boshqalar inshootlarni loyihalagan va oʻzi boshchiligida qurdirgan [mas, Portuda (Portugaliya) Doru daryosiga qurilgan koʻprik, Bordo, Tarabi, Budapesht vokzalidagi koʻpriklar]. Panama kanali qurilishida faol ishtirok etgan. Uning loyihasi boʻyicha asosan metalldan qurilgan Eyfel minorasi uni jahonga mashhur qiddi. Eiffel 1900-yildan asosan aerodinamika boʻyicha tadqiqot ishlari bilan shugʻullangan.[1]