Kontent qismiga oʻtish

FIDE bayrogʻi oʻyinchisi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(FIDE bayrog'i o'yinchisidan yoʻnaltirildi)
Alireza Firouzja (chapda) FIDE bayroqchisi sifatida ishtirok etmoqda

FIDE bayrogʻi oʻyinchisi  bu oʻyinchi hech qanday milliy federatsiyaga aloqasi boʻlmagan shaxmatchi hisoblanadi. Shuning uchun FIDE bayrogʻi oʻyinchisi FIDE tomonidan ruxsat etilgan turnirlarda biron bir mamlakat yoki milliy federatsiyasi uchun rasmiy ravishda oʻynay olmaydi[1]. FIDE bayrogʻi oʻyinchisi oʻz nomini Xalqaro shaxmat federatsiyasi yoki Butunjahon shaxmat federatsiyasining (Fédération Internationale des Échecs) fransuzcha qisqartmasidan olgan edi.

Alireza Firouzja FIDE bayrogʻi ostida oʻynagan taniqli shaxmatchilardan biri hisoblanadi. Alireza Firouzja ilgari Eron davlati sharafini himoya qilgan, ammo Alireza Firouzja Eronning Isroil davlatini boykot qilgan sport siyosati tufayli 2019-yilda FIDE bayrogʻi ostida neytral sportchi sifatida oʻynashni afzal koʻrdi[2][3]. Oxir-oqibat FIDE bayrogʻi oʻyinchisi Alireza Firouzja 2021-yilda Fransiya shaxmat federatsiyasi aʼzoligiga qabul qilindi[4].

Rossiyalik Ian Nepomniachtchi Jahon antidoping agentligining Olimpiada oʻyinlari va jahon chempionati turnirlarda Rossiya davlatiga qarshi sanksiyalari tufayli shaxmat boʻyicha 2021-yilgi jahon chempionatida FIDE bayrogʻi ostida oʻynashi kerakligi taxmin qilingan edi[5]. Ian Nepomniachtchi ushbu musobaqada rasmiy ravishda Rossiya shaxmat federatsiyasi aʼzoligida (CFR) CFR logotipi va qisqartmasi tushirilgan bayroq bilan oʻynagan edi[6]. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi munosabati bilan Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) Rossiya va Belarus shaxmat jamoalarini xalqaro musobaqalardan chetlatganidan keyin Ian Nepomniachtchi 2022-yilgi shaxmat boʻyicha jahon chempionati saralash turnirida FIDE bayrog‘i ostida ishtirok etdi[7][8].

  1. „Regulations for Registration & Licensing of Players (effective from July 1, 2015)“. International Chess Federation. Qaraldi: 2021-yil 19-avgust.
  2. Barden, Leonard. „Chess: Iran’s Alireza Firouzja, 16, bypasses ban on playing Israelis“. The Guardian (2019-yil 27-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 19-avgust.
  3. Lipin, Michael; Yazdiha, Elham. „Iranian-American Chess Master Urges Iran's Players to Quit National Federation“ (en). VOA News. Voice of America (2020-yil 18-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 19-avgust.
  4. „Alireza Firouzja to play for France“ (en). Chess News (2021-yil 9-iyul). Qaraldi: 2021-yil 19-avgust.
  5. Barden, Leonard. „Ian Nepomniachtchi will not be able to play next to Russia flag against Carlsen“. The Guardian (2021-yil 1-may). Qaraldi: 2021-yil 19-avgust.
  6. „Carlsen and Nepomniachtchi draw chess world title opener after flag furore“ (en). the Guardian (2021-yil 26-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 28-noyabr.
  7. „FIDE Candidates Tournament: Drawings of lots and pairings“ (en). www.fide.com (2022-yil 28-aprel). Qaraldi: 2022-yil 30-iyun.
  8. „Russia and Belarus teams suspended from FIDE competitions“ (en). www.fide.com (2022-yil 16-mart). Qaraldi: 2022-yil 30-iyun.