Kontent qismiga oʻtish

Solpugalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Falangalardan yoʻnaltirildi)

Solpugalar, falangalar (Solifugae) — oʻrgimchaksimonlar turkumi. Gavdasining uzunligi 1—7 sm. Gavdasi yaxlit bosh koʻkrak, 3 boʻgʻimli koʻkrak va 10 boʻgʻimli yirik qorin boʻlimlaridan iborat. Xelitserasi yirik, qisqichga oʻxshash. Tanasi va oyoqlari qalin tuk va qil bilan qoplangan. Traxeya bilan nafas oladi, 800 ga yaqin turi maʼlum; koʻproq tropik va subtropik mintaqalarning nam kam boʻladigan hududlarida tarqalgan. Oʻrta Osiyo choʻllarida yirik qoʻngʻirsargʻish tusli’kaspiy solpugasi va tutunrang S; togʻ oldi hududlarida birmuncha kichik (2—3 sm) sariq rangli karshchiya solpugasi uchraydi.

S. urgʻochisi in qazib, unga 30 dan 200 tagacha tuxum qoʻyadi. Tuxumdan chiqqan bolalarini qoʻriklaydi. S. — tungi yirtqich, hasharotlar, koʻpoyoqlilar, oʻrgimchaklar, zahkashlar, baʼzan qushlar joʻjasi, mayda kaltakesaklar va kemiruvchilar bolasiga hujum qiladi.