Feruzshoh Tugʻloq
Qiyofa
(Feruzshoh tugʻloqdan yoʻnaltirildi)
Feruzshoh Tugʻloq – Dehli sultonligi hukmdori (1351 – 1388). Hokimiyat tepasiga mamlakatda yirik zamindorlar – muqtadorlar kuchayib, ularning ayirmachilik harakati, ijtimoiy qaramaqarshiliklar avj olgan sharoitda kelgan. Hokimiyatni mustahkamlash maqsadida mulqdorlarga baʼzi masalalarda yon bosgan: inʼom etilgan yer mulklarini merosiyligini tan olgan, mulkdorlar yeridan markaziy xazinaga tushadigan toʻlovlarni kamaytirgan, ayrim mulkdorlardan ilgari tortib olingan yerlarni qaytargan va davlat yer soligʻi miqsori kamaytirilgan. Feruzshoh Tugʻloq hukmronligining soʻnggi davrida mulkdorlar ayirmachiligi kuchaygan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |