Kontent qismiga oʻtish

Fin tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Finchadan yoʻnaltirildi)
Fin tili
Milliy nomi suomi
Mamlakatlar Finlandiya[1], Estoniya[2], Shvetsiya[3], Norvegiya[4] va Rossiya[5]
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 5 413 380 va 272 000
Alifbosi Lotin alifbosi va Scandinavian Braille
Til kodlari
ISO 639-1 fi[6]
ISO 639-2 fin[6]
ISO 639-3 fin[6]

Fin tilifin-ugor tillari oilasidagi boltiqboʻyifin guruhiga mansub til. Finlandiya, Shvetsiya, AQSH, Kanada, Rossiya, Norvegiya va boshqa bir qancha mamlakatlarda tarqalgan. Oʻtgan asr oxiridagi maʼlumotlarga qaraganda, Fin tilida soʻzlashuvchilarning umumiy soni 5,5 mln. kishidan ortiq (Finlandiyaning oʻzida 4,8 mln. kishiga yaqin). Finlandiya Respublikasining rasmiy tili (shved tili bilan birga). Finlandiya hududida 8 ta asosiy lahja ajratiladi: jan.gʻarbiy (suomi), yem (xyame), ular oraligidagi jan. botnik, oʻrta botnik, shim. botnik, shim., savo, jan.sharqiy.

Fin tili — muayyan flektiv elementlarga ega boʻlgan agglyutinativ til. Fonologik tizimi 8 unli va 13 undosh fonemadan iborat; ularning har biri (j, v, h, d dan tashqari) choʻziqlik darajasi boʻyicha qaramaqarshi qoʻyiladi; bu imloda a—aa, o—oo, t—tt, r—rr kabi (qisqachoʻziq) aks etadi. Baʼzi tuzilmalarda unlilar garmoniyasi kuzatiladi. Unli fonemalar miqdori diftonglar (16 ta) hisobiga koʻpayadi. Morfologik belgilari: jins kategoriyasi yoʻq; otlar 13 kelishik bilan oʻzgaradi; feʼllar 2 xil tuslanishda, 4-mayl, 4 zamon, 3 shaxs shakllari bilan oʻzgaradi, sintaksis sohasida soʻz tartibi nisbatan erkin.

Adabiy tilning shakllanishi va rivojlanishida 2 davr: eski fin (1540— 1820) va yangi fin (19-asrning 20-yillaridan boshlab) davrlari ajratiladi. Finlandiyaning shved mustamlakasidan ozod boʻlguniga qadar (1809) rasmiy til sifatida shved tili ustunlik qilib, adabiy Fin tili deyarli rivojlanmagan. Yangi Fin tili davri ham 2 bosqichdan: ilk yangi fin (1820—70) va hozirgi fin (1870-yildan) bosqichlaridan iborat. Ilk fin davrida adabiy til ogʻzaki til bilan yaqinlashdi. 1863-yildan boshlab Fin tili rasman shved tili bilan teng huquqlarga ega boʻldi: maktablar va universitetlarda oʻqitila boshladi, unda gaz., jurnal va badiiy adabiyot nashr etiladigan boʻldi. 19-asrning 70-yillariga kelib xoz. adabiy Fin tili ning asoslari yaratildi. 1919-yil Fin tili Finlandiyaning rasmiy tili deb eʼlon qilindi. Yozuvi lotin grafikasi asosida (16-asrdan).



  1. (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. (unspecified title)
  4. (unspecified title)
  5. (unspecified title)
  6. 6,0 6,1 6,2 (unspecified title)