Finlit.uz
Shiori | Biz bilan moliyaviy savodxonlikni oshirish juda oson! |
---|---|
Maqsadi | Moliyaviy savodxonlikni o'zbekistonliklar orasida ommalashtirish |
Ishga tushgan sanasi | 6-avgust, 2020-yil (NT sifatida) |
Joylashuvi | Mirobod tumani, Islom Karimov ko'chasi 6 Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki binosida |
Hududiy xizmati | Oʻzbekiston |
Asoschi(lar)i | Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki |
Finlit.uz – loyihaning tashkillashtirilishi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisidagi qonunda ustuvor vazifa sifatida belgilangan[1]. Loyihaning moliyaviy savodxonlik boʻyicha axborot-taʼlim veb sayti 2020-yil 6-avgust kuni ishga tushurildi[2][3].
Finlit.uz Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Plexanova nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali, Moliya instituti va hududlardagi davlat universitetlari bilan hamkorlikda „Umumjahon pul haftaligi“ (Global Money Week)ni oʻtkazib kelmoqda[4]. Finlit 2023-yil xalqaro VISA kompaniyasi bilan hamkorlikda bolalar va o'smirlar oʻrtasida moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan platforma yaratdi[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „““O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida“. LexUz — internetdagi Oʻzbekiston qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi. Qaraldi: 27-sentabr 2024-yil.
- ↑ „“Markaziy bank moliyaviy savodxonlik boʻyicha axborot-taʼlim veb-saytini ishga tushirdi“. yuz.uz sayti. Qaraldi: 27-sentabr 2024-yil.
- ↑ „“Markaziy bank moliyaviy savodxonlik boʻyicha axborot-taʼlim veb-saytini ishga tushirdi“. kun.uz sayti. Qaraldi: 27-sentabr 2024-yil.
- ↑ „“Markaziy bank tashabbusi bilan Global Money Week O‘zbekistonda ham an’anaga aylandi“. kun.uz sayti. Qaraldi: 11-oktabr 2024-yil.
- ↑ „“Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha interaktiv “Moliya olami” elektron platformasi ishga tushirildi“. kun.uz sayti. Qaraldi: 11-oktabr 2024-yil.