Kontent qismiga oʻtish

Flektiv tillar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Flektiv Tillardan yoʻnaltirildi)
Tilshunoslik tipologiya
Morfologik tipologiya
Soʻz tartibi

Flektiv tillar — grammatik, baʼzan leksik maʼnolar fleksiya yoʻli bilan ifodalanadigan tillar; lingvistik tipologiya, tillarning morfologik tasnifidagi asosiy tushunchalardan biri. Flektiv tillar tushunchasi 1809-yilda nemis olimi F. Shlegel tomonidan fanga kiritilgan. U som tillari, rus tili va baʼzi hindevropa tillarini Flektiv tillar qatoriga kiritadi. Flektiv tillar 2 ta, odatda, oʻzaro kesishuvchi ichki va tashqi fleksiyali guruxlarga boʻlinadi.

Tashqi fleksiya (fuziya — asos bilan affiksni ajratish, farklash qiyin boʻlgan holat), affikslardan farqli ravishda, koʻp maʼnolilik [mas, "ruscha: рукой - rukoy" shaklidagi "oy" morfemasi bir paytning oʻzida jins (jenskiy), son (birlik) va kelishik (tvoritelniy) maʼnolarini ifodalaydi], shuningdek, asos bilan mahkam bogʻlanganlik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ichki fleksiyada morfema tarkibidagi unlilarning shartlanmagan urin almashinuvi grammatik maʼnoga ega boʻladi: nemis tilida geht — bormoqda, ging — bordi, der Gang — borish; arab tilida qatala — (u) oʻldirdi, qutila — oʻldirilgan, qattol — oʻldiruvchi va shahrik. Ichki fleksiya mexanizmi, ayniqsa, feʼl morfologiyasida, som tillarining feʼl turkumida yaqqol namoyon boʻladi. Fleksiya tilda aksar hollarda maʼno ifodalashning boshqa vositalari bilan birikkan holda boʻladi.