Kontent qismiga oʻtish

Letsinlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Fosfatidilxolinlardan yoʻnaltirildi)

Letsinlar (yun. lekithos — tuxum sarigʻi), fosfatidilxolinlar — fosfolipidlarning asosiy fraksiyalaridan biri, xolin va diglitserid fosfat (fosfatid) kislotalarning efirlari. L. molekulalari glitserin, yogʻ kislotalari (asosan, stearin, palmitin, olein va linol), fosfat kislota va xolin qoldiqlaridan tuzilgan. Gigroskopik, spirtda, etil va petroley efirlarida yaxshi eriydi, atsetonda erimaydi. Jonivorlar organizmida (jigar, sperma, qon, buyrak usti bezi, tuxum sarigʻida) va oʻsimliklarda (soya va kungaboqar urugʻida, bugʻdoy boshogʻida) mavjud. L.ning organizmdagi asosiy funksiyasi — biologik membranalar tuzilishida ishtirok etishi. Bir qator L. sintez qilingan. Tibbiyotda qoramol miyasidan ekstraksiya yoʻli bilan olinadigan serebroletsitin koʻp qoʻllanadi. Nerv sistemasi kasalliklarida, umumiy holsizlanishda, anemiyada ichiladi. L. oziq-ovqat, toʻqimachilik va atir-upa ishlab chiqarish sanoatida ham ishlatiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil