Ispan gʻazabi
Ispan gʻazabi (niderlandcha: Spaanse furie) — Gollandiya inqilobi (1568-1648) davriga taalluqli ushbu hodisa 1576-yil 4-noyabrda sodir boʻlgan. Ushbu hodisada ispan askarlari tomonidan Antverpen shahri talon-taroj qilinib yoqib yuborilgan.
Ushbu qonli voqealarga, ispan askarlariga ish haqini toʻlashning kechikishi sabab boʻlgan. Hodisa natijasidaIspaniya Gollandiyasining madaniy, moliyaviy va iqtisodiy markazi boʻlgan shahar uch kun davomida talon-taroj qilinadi va uning 8 mingga yaqin aholisi halok boʻladi. Halok boʻlganlar shahar aholisining deyarli oʻndan bir qismini tashkil qilgan. 600 dan ortiq uy yoqib yuboriladi.
1577-yil 1-avgustda shahar garnizon bilan kelishuvga erishadi hamda ispanlarni shahardan olib chiqish uchun pul toʻlaydi va qal’a buzib tashlanadi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sancho d’Avila