Foydalanuvchi:Tabassum
Tabassum – yuz ifodasi, yuz chetidagi mushaklarining ikki yonga qisqarishidan hosil boʻladi. Baʼzan tabassum koʻz mushaklarining qisqarishi bilan ifodalanadi va bu koʻrinishdagi tabassum Duchenne tabassumi deb nom olgan. Insonlardagi tabassum xursandchilik, kirishimlilik, baxt va quvonchni ifodalaydi. Baʼzan tabassum odatdagidan farq qiladi va qoʻrquvni ifodalaydi. Tabassumni muloqot oʻrnida ham ishlatish mumkin va turli xalqlarda tabassum bir-biridan farq qiladigan maʼnolarni anglatadi. Madaniyatlararo tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, baʼzi xalqlarda tabassum uyat, tushunmovchilik va oʻzini noqulay his qilayotganini muloqot chogʻi suhbatdoshga bildirishda qoʻllaniladi[1].
Primatolog Signe Preuschoft tabassumni bundan 30 million yillar oldingi davrlarga bogʻlaydi va uni qoʻrquv sababidan qoʻllanilganini aytib oʻtgan. Uning fikricha maymunlar oʻzlarini beozor qilib koʻrsatish uchun tishlarini bir oz koʻrsatgan holda jilmayishgan va shu tariqa yirtqichlardan himoyalanishgan. Hozirgi davrda tabassum ayniqsa insonlar orasida turli emotsiyalarni ifodalaydi[2].
Ijtimoiy taʼsirlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tabassum insonlarni xushfeʼl, kirishimli va yoqimli qilib koʻrsatadi[3]. Ijtimoiy hayotda kulgu va tabassum turli xil oʻrinlarda qoʻllaniladi va turli maʼnolarni anglatadi:
- Tabassum – baʼzi hollarda kulgi boshlanishida katta ahamiyatga ega.
- Tabassum – kulgili holat uchun javob boʻlishi ham mumkin[4].
Tabassum – turli vaziyatlarda atrofdagilarga holatni soʻzsiz tushuntirib berishda ham qoʻllaniladi. Bulardan eng koʻp qoʻllanadigani qarama-qarshi jins vakilida yaxshi taasurot qoldirish uchun qoʻllanilishidir. Ayollar tabassumi odatda koʻplab erkaklarni oʻziga jalb qiladi va ularning koʻrinishiga koʻrk qoʻshib erkaklarda jinsiy qiziqishni oshiradi. Biroq tatqiqotlar shuni koʻrsatadiki, erkaklarning tabassum orqali ayollarni oʻziga jalb etishi doim ham samarali hisoblanmaydi, koʻp hollarda jiddiylik va oʻziga boʻlgan ishonchni koʻrsatib ayollarni oʻzlariga jalb qilish samarali hisolanadi.
Manipulyatsiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tabassum doim ham yaxshi niyatda qoʻllanavermaydi. Baʼzan tabassum orqali insonlarni manipulyatsiya qilish va ulardan oʻz manfaatlari uchun foydalanish mumkin[5].
Madaniy farqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tabassum koʻplab madaniyatlar tomonidan ijobiy baxolanishiga qaramay, baʼzi madaniyatlar uchun salbiylikni ifodalaydi va ular koʻp tabassum qilishmaydi. Koʻp tabassum qilishni baʼzan kamsitish deb, baʼzan esa halollik deb talqin qilish mumkin[6]. Osiyo mintaqasi madaniyatida hissiy tushkunlik, yoki nimadandir ranjiganida tabassum qilish odati bor. Baʼzi hollarda suhbat doʻstona davom etishi uchun tabassum qilinadi. Sobiq Sovet Ittifoqi davrida notanish insonlar davrasida sababsiz tabassum qilishga noodatiy xulq deb qaralgan va hatto ahmoqlik belgisi deb sanalgan[7][8].
Madaniy tadqiqotlar kuzatuvi shuni koʻrsatdiki[9], baʼzi madaniyatlarda koʻp jilmayib yuradigan insonlarni deyarli kulmaydigan insonlarga nisbatan aqlsizroq deb qaralgan. Tadqiqot davomida jamiyatda korrupsiyaning keng tarqalganligi jilmayib yuruvchi insonlarga nisbatan ishonchni pasayishiga olib keladi deb topilgan.
Shuningdek tabassum jinsiy farqlanishda ham ahamiyatga ega. Qoʻshma Shtatlar va Kanadada koʻp erakaklar ayollariga tabassum qilishlari kerakligini eslatib turishadi. Masalan, Kanada parlamenti aʼzosi Greg Rikford jurnalist ayolga javob berish oʻrniga unga tabassum qilishni tavsiya qilgan[10]. Biologik antropolog Helen Fisherning taʼkidlashicha tabassum yo mehr berish, yo boshqarish uchun kerak[11].
-
Qo'lida surat ushlab jilmayib turgan ayol (1625-yil) Gerard van Honthorst tomonidan chizilgan. Surat ko'plab Dutch Golden Age asarlarining yaralishiga turtki bo'lgan[12].
-
(1786 – yil), Élisabeth Vigée Le Brun oʻz qizi bilan birga turgan portretini chizgan. Suratni 1787 – yilgi koʻrgazmaga topshirgan va surat haqida koʻplab ijobiy fikrlar bildirilgan.
Kulgichlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kulgich – bifid zygomatikus katta mushagi fassial iplarining qisqarishidan hosil boʻladi[15]. Kulguchlar genetik meʼros boʻlib nasldan-naslga oʻtadi[16].Yuzning ikki tomonida ham kulgich boʻlishi insonlar orasida eng keng tarqalgan, yuzning faqat bir tomonida kulgich boʻlishi esa kamyob hisoblanadi[17].
Yuzning ikki tomonida kulgich hosil boʻlishi zigomatik suyagida yagona tuzulma hosil qiladi. Kulgichni qismlarga boʻlinganda u ikki qismdan iborat boʻladi. Yuqori burchak – bu ogʻiz mushagining tepa qismini chetiga, pastki burchak – ogʻiz mushagining ostiga birikkan boʻladi. Kulgich inson yuz tuzililshiga nisbatan shakillanadi[18].
Duchenne tabassumi
[tahrir | manbasini tahrirlash]19-asr oʻrtalarida Guillaume Duchenne Fransuz nevrologi inson yuzi fiziologiyasini oʻrganayotib insonlarda ikki turdagi tabassum boʻlishini aniqlagan. Duchenne tabassumi katta zugomatik mushak (ogʻizning chetlarini koʻtaradigan) va orbicularis koʻz mushaklari (yanoqlarni koʻtaradigan) mushaklarning qisqarishidan hosil boʻladi. Duchenne tabassumini „koʻz bilan tabassum“ qilish deb tasvirlashgan[19]. Duchenne tabassumlari asosan soxta boʻladi[20].
Duchenne boʻlmagan tabassum
[tahrir | manbasini tahrirlash]Duchenne boʻlmagan tabassumda zigomatik mushakning oʻzigina qisqaradi[21]. Tabassumni oʻrganish jarayoni shuni koʻrsatdiki, zigomatik mushakning qisqarishi (labning koʻtarilishi) bilan bogʻliq tabassumlar asosan inson baxtiyor boʻlganda sodir boʻladi. Tadqiqotlar davomida Duchenne tabassumida ham inson ijobiy his-tuygʻularni his qiladi deb topilgan[22].
„Pan Am tabassumi“, shuningdek „Botoks tabassumi“ deb ham nomlangan tabassum turlari soxta tabassum hisoblanadi. Pan Am Tabassum nomi Pan American World Airways sharafiga qoʻyilgan, sababi kompaniya xodimlari har bir parvoz oldidan yoʻlovchilarga bir xil tabassum qilishgan va xodimlarning tabassumi asosan rasmiyatchilik uchun edi holos[23]. Botoks bu 2002-yilda foydalanish uchun ommaga taqdim qilingan kosmetika[24]. Botoksni koʻz chetiga muntazam surtishgan, bu holat koʻz mushagi orbicularisni shol boʻlishiga olib kelgan. Botoks tabassumida orbicularis mushagi ishtirok etmagani uchun ham unga shu nom tanlangan.
Hayvonlarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hayvonlarning koʻpchiligi tishlarini koʻrsatib oʻzlarini himoya qilishga urinishadi. Shimpanzelar uchun bu qoʻrquv belgisi ham boʻlishi mumkin. Umumiy qilib olganda barcha hayvonlarning tishlarini koʻrsatib turishi doim ham salbiy mazmun anglatmaydi[25]. Hayvonlarning tishlarini koʻrsatib turgan holatlarini koʻp hollarda tabassumga oʻxshatishimiz mumkin.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Izard, Carroll E.. The Face of Emotion. New York: Appleton-Century-Croft, 1971. ISBN 978-0-390-47831-3. frown
- ↑ Inglis-Arkell. „Why do we smile and laugh when we're terrified?“. Gizmodo (2013-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 7-oktyabr.
- ↑ Gladstone, G. (2002). "When you're smiling, does the whole world smile for you?". Australasian Psychiatry 10 (2): 144–146. doi:10.1046/j.1440-1665.2002.00423.x.
- ↑ Haakana, M. (2010). "Laughter and smiling: Notes on co-occurrences". Journal of Pragmatics 42 (6): 1499–1512. doi:10.1016/j.pragma.2010.01.010.
- ↑ Braiker, Harriet B.. Who's Pulling Your Strings ? How to Break The Cycle of Manipulation. McGraw Hill Professional, 2004. ISBN 978-0-07-144672-3.
- ↑ Charles Tidwell. „Non Verbal Communication“. Andrews.edu. Qaraldi: 2014-yil 22-aprel.
- ↑ „Nonverbal Communication“. Rpi.edu. Qaraldi: 2014-yil 22-aprel.
- ↑ Gorvett, Zaria. „There are 19 types of smile but only six are for happiness“. BBC Future (2017-yil 10-aprel).
- ↑ Krys, Kuba; -Melanie Vauclair, C.; Capaldi, Colin A.; Lun, Vivian Miu-Chi; Bond, Michael Harris; Domínguez-Espinosa, Alejandra; Torres, Claudio; Lipp, Ottmar V. et al. (June 2016). "Be Careful Where You Smile: Culture Shapes Judgments of Intelligence and Honesty of Smiling Individuals". Journal of Nonverbal Behavior 40 (2): 101–116. doi:10.1007/s10919-015-0226-4. ISSN 0191-5886. PMID 27194817. PMC 4840223. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4840223.
- ↑ Laing, Sarah (July 25, 2018). "Why Do Men Need Women To Smile?". Flare. Archived from the original on 2020-10-01. https://web.archive.org/web/20201001165500/https://www.flare.com/news/greg-rickford-marieke-walsh-smile-women/. Qaraldi: 2020-09-22.Foydalanuvchi Tabassum]]
- ↑ May, Ashley (March 2017). "Why you shouldn't tell a woman to smile". USA Today. https://www.usatoday.com/story/news/nation-now/2017/03/08/dont-tell-women-to-smile/98906528/. Qaraldi: 2020-09-22.Foydalanuvchi Tabassum]]
- ↑ Siegal, Nina. „Need a Good Laugh? Check Out Some 17th-Century Dutch Art“ (2017-yil 21-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 20-oktyabr.
- ↑ https://www.library.wales/discover-learn/digital-exhibitions/photographs/early-swansea-photography/welsh-pioneers/%7Ctitle=Swansea[sayt ishlamaydi] in the nineteenth century, Welsh Pioneers.
- ↑ „The first smile and photobomb ever photographed“ (2015-yil 18-sentyabr).
- ↑ Lari, A. R.; Panse, Nikhil (January 2012). "Anatomical basis of dimple creation - A new technique: Our experience of 100 cases". Indian Journal of Plastic Surgery 45 (1): 89–93. doi:10.4103/0970-0358.96593. ISSN 1998-376X. PMID 22754160. PMC 3385407. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3385407.
- ↑ Chalathadka, Mahabaleshwara; Shankar, K Kiruba; Lakshmi, G Vijaya; Nithin, VM; Kulkarni, Sneha; Firdousbano, Mulla (2019). "Evaluation of Prevalence and Morphology of Dimple among Population of Sullia Taluk". Journal of Cutaneous and Aesthetic Surgery 12 (4): 227–230. doi:10.4103/JCAS.JCAS_109_19. ISSN 0974-2077. PMID 32001967. PMC 6967164. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=6967164.
- ↑ Almaary, Hayaat F.; Scott, Cynthia; Karthik, Ramakrishnan (2018). "New Landmarks for the Surgical Creation of Dimples Based on Facial Form". The Journal of Clinical and Aesthetic Dermatology 11 (5): 22–26. PMID 29785234. PMC 5955629. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=5955629.
- ↑ Almaary, Hayaat F.; Scott, Cynthia; Karthik, Ramakrishnan (2018). "New Landmarks for the Surgical Creation of Dimples Based on Facial Form". The Journal of Clinical and Aesthetic Dermatology 11 (5): 22–26. PMID 29785234. PMC 5955629. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=5955629.
- ↑ Davis, Darryl. How to Design a Life Worth Smiling About: Developing Success in Business and in Life. McGraw Hill Professional, 2014-05-30 — 8-bet. ISBN 9780071819879. (Subscription required.)
- ↑ „How facial software can identify liars“. The Week UK (2018-yil 24-may).
- ↑ Duchenne, Guillaume (1990). The Mechanism of Human Facial Expression. New York: Cambridge University Press. Translated by R. Andrew. Originally published as Mecanisme de la Physionomie Humaine in 1862.
- ↑ Messinger, D. S.; Fogel, A.; Dickson, K. (2001). "All smiles are positive, but some smiles are more positive than others". Developmental Psychology 37 (5): 642–653. doi:10.1037/0012-1649.37.5.642. PMID 11552760.
- ↑ Harlow, John. „The smile that says where you're from“. The Sunday Times (2005-yil 20-fevral). 2011-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 18-yanvar.
- ↑ Fischer, Andrea. „FDA approves Botox Cosmetic to improve the appearance of crow's feet lines“. FDA (2013-yil 11-sentyabr). 2013-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 3-noyabr.
- ↑ Preuschoft, Signe (1992). "'Laughter' and 'Smile' in Barbary Macaques (Macaca Sylvanus)". Ethology 91 (3): 220–36. doi:10.1111/j.1439-0310.1992.tb00864.x.