Kontent qismiga oʻtish

Fozilxon

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Fozil toʻradan yoʻnaltirildi)
Fozilxon, Fozilbiy, Fozil toʻra
Fozilbiy
 Buxoro xonligi hukmdori
Mansab davri
1758-yil – 1758-yil
Oʻtmishdoshi Muhammad Rahimxon
Vorisi Abulgʻozixon
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1752-yil
Buxoro, Buxoro xonligi
Vafoti 1758-yil
(6 yoshda)
Qarshi, Buxoro xonligi
Fuqaroligi Buxoro xonligi
Onasi Nomi aniqlanmagan (Muhammad Rahimxonning qizi)
Otasi Norboʻtabiy
Dini Islom

Fozilxon (Fozilbiy, Fozil toʻra) (1752-yil, Buxoro, Buxoro xonligi — 1758-yil, Qarshi, Buxoro xonligi) — Mangʻitlar oʻzbek sulolasidan boʻlgan soxta xon. Qisqa muddat Buxoro xonligining rasmiy hukmdori boʻlgan (1758). Amalda real hokimiyat Muhammad Doniyolbiyning qoʻlida boʻlgan.

Mangʻitlar sulolasining vakili Muhammad Rahimxon toʻsatdan vafot etgach (1758-yil 24-mart), marhum xonning oʻgʻil farzandlari boʻlmaganligi uchun Buxoro xonligi taxtiga dastlab uning balogʻat yoshiga yetmagan nevarasi Fozil toʻra oʻtqazilgan. Muhammad Rahimxonning amakisi Muhammad Doniyolbiy esa yangi xonga otaliq qilib tayinlangan. Biroq Fozilxon tez orada taxtdan tushirilib, uning oʻrniga Abulgʻozixon Buxoro xonligi hukmdori deb eʼlon qilingan.