Kontent qismiga oʻtish

Lojuvard sohili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Fransiya Rivyerasidan yoʻnaltirildi)

Lojuvard sohili (fransuzcha: Côte d'Azur), Fransiya Rivyerasi — Fransiyaning Oʻrta dengiz boʻyidagi togʻli sohil qismi. Sharqda Italiya chegarasidan gʻarbda Fréjus qoʻltigʻigacha davom etgan. Shim.dan Dengiz boʻyi Alp togʻlari bilan toʻsilgan. Qirgʻoqdari qoyali, manzarali qoʻltiq koʻp. Yozi issiq, quruq; qishi yumshoq, serquyosh. Iyulningoʻrtacha temperaturasi 22—23°, yanvarniki 7°. Oʻsimlik dunyosiga boy. Lojuvard sohili yirik kurort rayon boʻlib, bogʻ koʻp. Sohilda mehmonxona, pansionat, xususiy villalar qurilgan. Bogʻdorchilik, tokchilik, gulchilik rivojlangan. Asosiy kurortlari: Nice, Cannes, Menton va boshqa Lojuvard sohilida Monako davlati joylashgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil