Kontent qismiga oʻtish

Juma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Fridaydan yoʻnaltirildi)

Jumapayshanba va shanba orasidagi hafta kuni.

Juma (arabcha — jam boʻlish) — 1) Grigoriy taqvimida hafta tarkibiga kirgan kunlardan beshinchisining nomi; 2) musulmonlar taqvimida oltinchi kun nomi. Islom dinida "sayyid ul-ayyom" — kunlarning ulugʻi sifatida eʼzozlanadi. Juma kuni peshin namozi oʻrniga Juma namozi oʻqiladi. Imom-xatiblar namoz oldidan yarim soat chamasida mavʼiza (diniy vaʼz) oʻqiydilar. Soʻng ikki bor azon aytilib, katta jamoat bilan namoz ado etiladi. Musulmon mamlakatlarida juma kunini dam olish kuni deb belgilagan boʻlsalarda, asli bu kunda dam olish shart emas. Chunki Qurʼoni karimning "Jumʼa" surasida: "Juma namozini oʻqib boʻlganlaringizdan keyin (kasbhunar, savdo-sotiq ishlaringiz sari) tarqab ketingizlar va Allohning fazli (rizqi)ni soʻrangizlar" (Abdulaziz Mansur tarjimasi) deyilgan[1].


Hafta kunlari
Dushanba | Seshanba | Chorshanba | Payshanba | Juma | Shanba | Yakshanba
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil