Kontent qismiga oʻtish

Fridrix vilgelm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Fridrix Vilgelmdan yoʻnaltirildi)

Fridrix vilgelm (Friedrich Wilhelm) (162088) - Brandenburg kurfyursti (1640-yildan), Gogensollernlar sulolasidan boʻlgan "Buyuk kurfyurst". Uning davrida Brandenburg Prussiya gersogligini (ungacha — Polsha leni boʻlgan) va boshqa yerlarni uzilkesil qoʻshib olgan. Prus absolyutizmiga asos solgan.

Fridrix Vilgelm I (1688—1740) — Prussiya qiroli (1713-yildan); Gogensollernlar sulolasidan. "Taxtdagi feldfebel" laqabini olgan. Fridrix Vilgelm II (1744—97) — Prussiya qiroli (1786-yildan); Gogensollernlar sulolasidan. 1792-yil inqilobiy Fransiyaga qarshi Avstriya bilan ittifoq tuzgan.

Fridrix Vilgelm III (1770—1840) — Prussiya qiroli (1779-yildan); Gogensollernlar sulolasidan. 1807-yildagi Tilzit sulhiga koʻra, Napoleon I ga Prussiya hududining yarmini bergan.

Fridrix Vilgelm IV (1795—1861) — Prussiya qiroli (1840-yildan); Gogensollernlar sulolasidan. Ruhiy kasalligi tufayli 1857-yildan davlat ishlaridan chetlashgan.