Futbol boʻyicha 1968-yilgi SSSR kubogi finali
Turnir | SSSR Kubogi 1967/1968 | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||
Sana | 1968-yil 8-noyabr | ||||||
Oʻyin oʻtkazilgan joy | Lujniki, Moskva | ||||||
Hakam | Tofiq Bahramov | ||||||
Tomoshabinlar soni | 52 000 | ||||||
← Futbol boʻyicha 1967-yilgi SSSR Kubogi finali Futbol boʻyicha 1969-yilgi SSSR Kubogi finali → |
1967/1968-yilgi futbol boʻyicha SSSR kubogi finali 1968-yil 8-noyabrda boʻlib oʻtgan. Moskvaning „Torpedo“ jamoasi Toshkentning „Paxtakor“ jamoasini 1:0 hisobida magʻlub etgan va SSSR kubogi sohibiga aylangan.
Finalga yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]Torpedo Moskva | Bosqich | Paxtakor | ||||
---|---|---|---|---|---|---|
Raqib | Joy | Hisob | Raqib | Joy | Hisob | |
Neftchi | Mehmonda | 2:0 | 1/16 final | Dinamo Batumi | Mehmonda | 2:0 |
SSKA Moskva | Uyda | 2:2 | 1/8 final | Sokol Saratov | Uyda | 1:0 |
Uyda | 2:1 | |||||
Uralmash | Uyda | 3:1 | 1/4 final | Tong Lugansk | Mehmonda | 2:1 |
Neftçi Boku PFK | Mehmonda | 2:0 | 1/2 final | FC Shakhtar Donetsk | Uyda | 3:1 |
Final uchrashuvining borishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Moskvaning „Torpedo“ jamoasi va Toshkentning „Paxtakor“ jamoalari SSSR kuboklari tarixida ilk bor yakuniy final oʻyinida toʻqnash kelishdi. Qolaversa, jamoalar bungacha ushbu turnirning birorta bosqichida oʻzaro toʻqnash kelishmagan edi[1].
Oʻyin 8 daraja sovuq havoda oʻtkazilgan. Uchrashuv boshidanoq „Torpedo“ futbolchilari maydonda hududiy ustunlikni qoʻlga kiritishgan boʻlsa, toshkentliklar esa Gennadiy Krasnitskiyning kuchli zarbalari va Birodar Abduraimovning tezkor harakatlariga umid qilib, asosiy eʼtiborni himoyaga qaratishgan. Hattoki Torpedo jamoasi himoyachi, faxriy va jamoa sardori Viktor Shustikov ham oʻyin davomida jamoasining hujumlariga qoʻshildi, ammo soʻnggi bosqichda futbolchilarga aniqlik yetishmagan yoki „Paxtakor“ darvozaboni Nikolay Lyubartsev oʻz individual harakatlari bilan darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Birinchi boʻlimda Paxtakor jamoasi futbolchilari raqib jamoaga aytarli xavf tugʻdira olishmagan.
52-daqiqada „Torpedo“ hisobni ochdi. „Paxtakor“ning uch nafar himoyachisi Mixail Gershkovich pas uzatgan Eduard Streltsov tomon yugurdi. Biroq Streltsov himoyachilarsiz yolgʻiz turgan Yuriy Savchenkoga toʻpni tovoni bilan uzatishga muvaffaq boʻldi va Yuriy toʻpni „Paxtakor“ darvozasiga yoʻllagan. Urilgan goldan keyin „Torpedo“ futbolchilari hujumda davom etishdi, toshkentlik futbolchilar javob golini urishga harakat qilishdi, ammo hisob oʻzgarmadi. 89-daqiqada „Torpedo“ jamoasi asosiy darvozabon oʻrniga Mixail Skokovni maydongga tushirdi va u qolgan vaqt davomida „Paxtakor“ jamoasi futbolchilarining bir necha zarbalarini qaytarishga muvaffaq boʻldi. Oʻyin soʻnggida Krasnitskiyning kuchli zarbasidan soʻng darvozabon darvozaning uzoq burchagidan toʻpni egallab olishga muvaffaq boʻldi. Final yakunida hakam hushtagi yangraganda Moskvaning „Torpedo“ jamoasi toʻrtinchi marta futbol boʻyicha SSSR kubogi sohibiga boʻlgan[2].
Final
[tahrir | manbasini tahrirlash]8-noyabr 1968 |
Torpedo Moskva | 1:0 | Paxtakor | BSA im. V. I. Lenina, Moskva Tomoshabinlar: 52 000 Hakam: Bahramov |
---|---|---|---|---|
Savchenko 52' | Hisobot |
|
|
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Протоколы кубка Торпедо (Москва) - Пахтакор (Ташкент)“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-iyul.
- ↑ „Торпедо — Пахтакор — 1:0. Финал Кубка СССР, 8 ноября 1968.“. 2018-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-iyul.