Kontent qismiga oʻtish

Polina Ivanovna Fyodorova

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Fyodorova Polina Ivanovnadan yoʻnaltirildi)

Fyodorova Polina Ivanovna (1906. 30.9, Moskva viloyati Lermontovo qishlogʻi) — endokrinolog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1971), tibbiyot fanlari doktori (1962), professor (1965). Oʻrta Osiyo universitetining tibbiyot fakultetini tugatgan (1928). Toshkent viloyati va Samarqand shahri kasalxonalarida uchastka vrachi (1928—32), Toshkent tibbiot akademiyasi gospital terapiya kafedrasida ordinator (1932—35), assistent (1936— 42), dotsent (1943), Toshkent tibbiyot akademiyasi stomatologiya fakulteti ichki kasalliklar kafedrasi mudiri (1965—72), davolash fakulteti gospital terapiya kafedrasining endokrinologiya kursi rahbari (1972— 77), 1977-yildan endokrinologiya kafedrasi mudiri. Ilmiy ishlari endokrinologiya masalalariga oid. Issiq iqlim sharoitida Bazedov kasalligining kechishi, uning oldini olish va davolash ustida tadqiqot olib borgan.

  • Voprosi klimatofiziologii, T., 1939; Mejutochnogipofizarnie zabolevaniya i organ zreniya (v soavtorstve), T., 1971.