Gʻizollar
Qiyofa
(G'izollardan yoʻnaltirildi)
Gʻizollar, ohular — quvushshoxlilar oilasiga mansub sut emizuvchilar urug'i. Uzunligi 85–170 sm, yagʻrinidan balandligi 50–110 sm, shoxi erkagi va urgʻochisida (jayranning urgʻochisi shoxsiz) lirasimon, uzunligi 25–80 sm. 12 turi bor. Afrika, Gʻarbiy Osiyo, Markaziy, Oʻrta va Janubiy Osiyoda tarqalgan. Choʻl, dasht, oʻrmon-dasht, tekislik va togʻli hududlarda (3.5 ming m balandlikkacha) yashaydi. Oʻzbekistonda 1 tur – jayran tarqalgan. Gʻizzollar soni kamayib ketgan, bir qancha turi Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |