Kontent qismiga oʻtish

Sariq jizildoq

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(G'o'za sikadasidan yoʻnaltirildi)

Sariq jizildoq (gʻoʻza sikadasi katta gʻoʻza saratoni) — kuylovchi jizildoklar oilasiga mansub hasharot; qishloq xoʻjaligi ekinlari zararkunandasi. Voyaga yetgan Sariq jizildoqning qanotlari zargʻaldoq tusli. Tanasining uzunligi 30 mm. Moʻylovlari 3 boʻgʻimli; orqa oyoqlari sakrovchi. Chala oʻzgarish bilan rivojlanadi (tuxum, lichinka, nimfa, imago). Urg'ochisi oʻsimlik poyasining yuqori qismini teshib, shu joyga 10-15 tadan (hammasi 200 ga yakin) tuxum qoʻyadi. Natijada oʻsimliklarning teshilgan joydan yuqorisi soʻliydi va qurib qoladi. Shikastlangan yosh nihollarning 40% gachasi nobud boʻladi. Lichinkalarining nimfa bosqichiga qadar rivojlanishi 3 yil davom etib, bu 5 yoshni tashkil etadi, nimfa holida qishlaydi. Voyaga yetgan individlari may oyining oxiri - iyun boshlarida, gʻoʻzaning shonalash davrida paydo boʻladi. Sariq jizildoq, asosan, yantoqzorlarda yashaydi. Oʻzbekistonda Buxoro viloyatida koʻp tarqalgan. Kurash choralari: partov va tashlandiq yerlarni oʻzlashtirish; Sariq jizildoq doimiy uchraydigan yerlardagi yantoqni erta oʻrib olish; Sariq jizildoqning uchish va lichinkalarining chiqish davrida zararlangan gʻoʻzaga 20% li sumitsidin (0,5 l/ga) purkash[1][2].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. "Sariq jizildoq" OʻzME. S-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil