Kontent qismiga oʻtish

Yovvoyi gʻoʻzalar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(G'o'zaning yovvoyi turlaridan yoʻnaltirildi)

Yovvoyi gʻoʻzalar, gʻoʻzaning yovvoyi turlari — Cossypium L. turkumiga mansub 50 tur gʻoʻzadan 45 tasini oʻz ichiga oladigan yovvoyi turlar. Xromosomalarining soniga qarab Yo.gʻ. 2 guruhga boʻlinadi. Birinchi guruhga koʻproq diploid turlar (2p=26), ikkinchi guruhga tetraploid turlar (2p=52) kiradi. Barcha diploid turlar xromosomalarining tuzilishiga qarab 6 genomli — A, V, D, Ye, S, Gʻ guruhidan iborat; tetraploid turlar AD genomli boʻladi. Yo.gʻ. Yer sharining neotropik, paleotropik va Avstraliyaning floristik oʻlkalarida tarqalgan. Ular madaniy gʻoʻzalardan tarqalish arealining torligi, turlararo polimorfizmning juda sust ifodalanganligi, shoxlanishining monopodial yoki aralash boʻlishi, koʻsaqlarining juda maydaligi, tola va chigit tuklari orasida aniq chegara yoʻqligi bilan farqlanadi. Tolasining uz. 0,5–15 mm. Tolasi och sariq, toʻq sariq, qoramtirqoʻngʻir yashil, kumushsimonkoʻk boʻladi. Deyarli hamma tur chigiti toshchigit boʻlganligi tufayli tabiiy sharoitda juda uzoq vaqt yaxshilab namlangandagina unib chiqadi. Bu xususiyat turning uzoq vaqt davom etadigan qurgʻoqchilik va b. noqulay sharoitlarda oʻsishi va saqlanib qolishiga yordam beradi. Yo.gʻ. uzoq davom etgan evolyusiya jarayonida nisbatan qisqa kunga oʻrganib, uzun kunda xrsil berish qobiliyatini yoʻqotgan. Ular tropik mintaqada yaxshi oʻsib rivojlanadi; kuzqishbahor sharoitida kun 11 — 12 soat yorugʻ boʻladigan davrda bemalol gullab, hosil beradi. Yo.gʻ. hosil olish maqsadida ekilmaydi, biroq, ularning har biri noyob va qimmatli xususiyatlarga ega: sovuq, qurgʻoqchilik, viltga chidamli, tolasi mustaqkam va nihoyatda serhosil. Shuning uchun ulardan genetikaseleksiya tadqiqotlarda foydalanish mumkin (yana q. Gʻoʻza sistematikasi).

  • Gʻoʻza, 1j., T., 1957; Jukovskiy P. M., Kulturnie rasteniya i ix sorodichi, 3 izd., L., 1971; Abdullayev A. A., O melchen ko M. V., Gʻoʻza turlari, T., 1977.

Abdumavlon Abdullayev.

Yovvoyi gʻoʻzalar: A) Sturt gʻoʻzasi; B) Davidzon gʻoʻzasi: /—poyasi; 2— bargi; 3— guli; 4— koʻsagi; 5—chanogʻi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil