Gʻul
Qiyofa
(G'uldan yoʻnaltirildi)
Gʻul – 1) oʻrta asrlarda turkiy xalqlar va moʻgʻullar qoʻshinining markazida va qanot (flang)lar oldida, podshoh, xon huzurida turuvchi maxsus harbiy qism. Arabcha qalb deyilgan. Markazda turuvchi Gʻululugʻ Gʻul, qanotlardagisi esa kichik Gʻul deb atalgan. Harbiy yurish vaqtida qorovul oldiga ham Gʻul qoʻyilgan. Katta (ulugʻ) Gʻulga xonning oʻzi yoki tajribali amirlaridan biri qoʻmondonlik qilgan; 2) bandilarning oyoq va boʻyniga kiygizib qoʻyiladigan jazolash asbobi; kishan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |