Moonzund arxipelagi
Qiyofa
(Gʻarbiy Estoniya arxipelagidan yoʻnaltirildi)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Moonzund arxipelagi, Gʻarbiy Estoniya arxipelagi — Boltiq dengizidagi orollar guruhi, Estoniya tarkibida. Riga qoʻltigʻidan shim., shim.-gʻarbda joylagan. Moonzund arxipelagi Sa-aremaa, Xiyumaa, Muxu va Vormsi kabi yirik orollar va 500 dan ortiq mayda oroldan iborat. Maydoni 4 ming km². Yer yuzasi aksari pasttekislik. Eng baland joyi 54 m. Orollar, asosan, ohaktoshdan tarkib topgan boʻlib, usti dengiz yotqiziqlari bilan qoplangan. Iqlimi moʻʼtadil iliq. Yillik yogʻin miqdori 550 mm. Tuproklari chimlikarbonatli va botqokdashgan tuproqlar. Oʻtloq va botqoqlar koʻp. Moonzund arxipelagida baliq ovlanadi, dehqonchilik, chorvachilik qilinadi. Viydumyaz va Vilsandi qoʻriqxonalari bor. Eng yirik shahri Kuressaare (Saaremaa orolida).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |