Al-Gʻarraf daryosi
32°25′30″N 45°51′00″E / 32.425°N 45.85°E
Gʻarraf kanali Shaṭṭ al-Hayy (Arabcha: شط الحي), shuningdek, Shaṭ al-Gʻarraf (Arabcha: شط الغرّاف) yoki Xay daryosi deb ham nomlangan, Iroqdagi qadimiy kanal boʻlib, Dajla daryosining Kut al-Amaradagi qismini Nosiriya sharqidan oʻtgan Furot bilan bogʻlaydi. Kanal boʻylab Usmonli (turk) pozitsiyasi joylashganligi sababli, Birinchi jahon urushi davrida, ayniqsa, Kut qamali vaqtida (1915-yil dekabrdan 1916-yil aprelgacha) shiddatli harbiy harakatlar boʻlib oʻtgan edi.
1934—1939-yillarda Dajlada daryoning suv darajasini nazorat qilish va Shatt al-Hayga doimiy suv oqimini taʼminlash uchun Kut dambasi qurilgan.
Birinchi jahon urushi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turklar general Charlz Taunshend boshchiligida Kutni egallagan Britaniya imperiyasi qoʻshinlarini qurshab olib, qamal qildilar. Usmonli imperiyasi Gʻarraf daryosini qamalning bir qismi sifatida jiddiy nazorat qilgan. Qamal paytida Usmonlilar 1916-yil yanvar oyidagi Hanna jangi va mart oyidagi Dujaila jangida ingliz-hind birlashgan yordam kuchlarining yorib oʻtishga urinishlarini qaytardilar. Inglizlarning Kutni himoya qilishga qaror qilishining sabablaridan biri kanal turklar yoki Angliya-Hind kuchlari uchun Dajla va Furot oʻrtasidagi muhim nuqta hamda qoʻshinlarni tashish mumkin boʻlgan yoʻl deb koʻrilgani edi[1]. 1916-yil 20-mayga kelib inglizlar Dajlaning oʻng (janubiy) qirgʻogʻining Gʻarrafgacha boʻlgan gʻarbiy qismini bosib olib, ushbu hududni turk qoʻshinlaridan tozaladilar, lekin Qutni qaytarib olishga erishishmadi[2]. Inglizlar 1916-yil 13-dekabrda kanalning narigi tomoniga o‘tishga muvaffaq bo‘lishdi[3]. Turklar 1917-yil fevralda Kutdan evakuatsiya qilinib, Bagʻdodga chekinishdi[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Hart, Liddell. History of the World War 1914-1918. London: faber and faber, 1934 — 208-bet.
- ↑ „On this day: 20 May 1916“. firstworldwar.com. Qaraldi: 2017-yil 13-aprel.
- ↑ „firstworldwar.com On this day 13 December 1916“. Qaraldi: 2016-yil 13-dekabr.
- ↑ „On This Day - 24 February 1917“. firstworldwar.com. Qaraldi: 2017-yil 13-aprel.