Kontent qismiga oʻtish

Koshiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Gʻiyosiddin Jamshiddan yoʻnaltirildi)

Koshiy (Al-Koshiy), Gʻiyosiddin Jamshid (taxminan 1430-yilda Samarqandda vafot etgan) — atoqli matematik va astronom.

Gʻiyosiddin Jamshid al-Koshiy

Gʻiyosiddin Jamshid al-Koshiy portreti, rassom Leonid Kaydalov
Tavalludi 1480-yil
Vafoti 1429-yil
Samarqand, Movarounnahr, Temuriylar imperiyasi

Jamshid ibn Mas'ud ibn Mahmud G'iyosiddin al-Koshiy— XIV-XV asrda riyoziyotchilar, tabiblar va hunarmandlar yurti boʻlgan Koshonda tug'ilgan. Uning bobosi Mahmud ibn Yah'yo ibn al-Hasan al-Koshiy o'z davrining ziyoli kishilaridan bo'lib, 1411- yilda Sherozda riyoziyot va astrologiyaga oid risola— Iskandarning (A. Temur nabirasi) goroskopini tuzgan.

G'iyosiddinning tug'ilgan yili noma'lum bo'lib, yoshlik yillarining asosiy qismi Koshonda o'tgan. Yoshlik yillarida riyoziyot va falakyot ilmiga qiziqib qadimgi Gretsiya, Eron va Markaziy osiyolik ko'plab olimlarning asarlarini tarjima qilib, sharxlar yozgan. U tabobat, mantiq, huquqshunoslik va adabiyot fanini chuqur o'rgangan.

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Keyinchalik Koshiy Hirotga kelib, Shoxruh saroyida xizmat qilgan. Unga atab "Elxon zij" ni takomillashtirish uchun "Xoqon ziji"  (Ziji Xoqoniy dar takmili "Ziji Elxoniy". Uning bu asari o'z davridagi astronomiyaga oid shox asarlardan biri hisoblangan.

O'sha davrda Ulug'bek hokimiyatida ko'pchilik olimlarni Samarqandga to'plash ishlari olib borilayotgan vaqt edi. 1416- yil al-Koshiy ham Samarqandga taklif etildi va hayotining so'nggi yillarigacha o'sha yerda qoldi.

Qozizoda Rumiy bilan birga Ulugʻbek rasadxonasi va madrasasi qurilishiga rahbarlik qilgan. Koshiy Ulugʻbek qoʻl ostida ishlagan Husayn Birjoniy, Ali Qushchi va boshqalarning kamolotga yetishishiga katta qissa qoʻshgan. Koshiy astronomiyaga oid „Ziji Hoqoniy dar takmili ziji Elxoniy“ („Elxoniy astronomik jadvalini takomillashtirishda Hoqoniy astronomik jadvalining ahamiyati“), „Sullam us-samo“ („Osmon narvoni“), „Noʻzxat ul-xadoiq“ („Bogʻlar sayri“) va matematikaga oid „Risola al-muhitiyya“ („Aylana xaqida risola“), „Risola ul-atvor nal-jayb“ („Vatarlar va sinus haqida risola“), „Miftoh ulhisob“ („Arifmetika kaliti“) asarlarini yozgan. Koshiy birinchi boʻlib matematikaga pozitsion asosla oʻnli kasrlarni kiritdi va nazariy asosdagi, ixtiyoriy koʻrsatkichli ildiz chiqarishda qozir „Ruffini — Gorner“ usuli leb ataladigan usulni pa „Nyuton binomi“ning koeffiniyentlarini topishda formulaga toʻgri keladigan adlitin usulni qoʻlladi. Koshiy sin G na l (pi) so-nini oʻnlik sistemada 17 xona aniqlik bilan hisobladi. Koshiy Oʻrta asr Sharq matetatikasini yuqori bosqichga koʻtarishga katta hissa qoʻshdi[1].

“Miftax al-xisab” ((forsiyda yozilgan) “Arifmetika kaliti”) - al Koshiyning asosiy asari bo‘lib, arifmetika va algebra bo‘yicha batafsil ma’lumotlar bayonotiga bag‘ishlangan. Fan tarixshunoslar tomonidan yuqori baholangan, ko‘plab ovrupa tillariga tarjima qilingan.

“Ar-Risala al-muxitiyya” ((forsiyda yozilgan) “Aylana haqida risola”) - asar π (pi) soni hamda sin 1° ni o‘z davri uchun o‘ta aniqlakda hisoblashga bag‘ishlangan.

“Zidj Xakani dar takmili zidji Elxani” ((forsiyda yozilgan) “Zidji Hoqoniy”) - Shohruhga bag‘ishlangan astronomik jadvallar.

Ulug‘bekning akademiyasi kabi qimmatli ma’lumotlar mavjud otasiga yozgan maktubi Yevropa va Osiyoning ko‘plab tillariga tarjima qilingan[2].

Matematikaga qo'shgan hissasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1.   Ilk bor (Ovrupada Simon Stevindan 150 yil avval) o‘n karra hisobini kiritgan va undan muntazam foydalangan.

2.   Ulug‘bek hamda Qozi zoda Rumiy bilan birga ketma-ketlik yaqinligi usulini ishlab chiqqan, XIX asrda Ovrupada fransuz matematigi E.Pikar tomonidan qayta ochilgan.

3.   “Nyuton binomiy” nomi bilan ataluvchi formulaga asoslangan ixtiyoriy ildiz darajalarining yaqin joylashuv usulini ishlab chiqdi.

4.   Endilikda “Gorner chizmasi” nomi bilan mashhur ko‘phadni hisoblash uslubini ishlab chiqqan.

Unga tegishli boʻlgan asarlar hozirda Berlin, Leyden, Sankt Peterburg, London va boshqa davlatlar kutubxonalarida saqlanmoqda.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „O`zbekistonda ilm-fan taraqqiyoti“.

Al.: Yushke i mch A. P.. Istoriya matematiki peredniye veka. M.. 1961; Magiiye ne kaya G. P.. Ucheniye o chisle na srednevekovom Blijnem i Srednem Vostoke, T.. 1967.