Kontent qismiga oʻtish

Gʻoyibnazar qozi madrasasi

Koordinatalari: 41°00′14″N 71°30′26″E / 41.00389°N 71.50722°E / 41.00389; 71.50722
Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Gʻoyibnazar madrasasidan yoʻnaltirildi)
Madrasa
Gʻoyibnazar madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Namangan viloyati
Shahar Toʻraqoʻrgʻon
Manzil Namangan koʻchasi
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Davlat mulki
Madrasa turi Oʻrta
Meʼmoriy uslub Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Binokor Mulla Qirgʻiz ibn Ibrohim
Binokorlik tashabbuschisi Gʻoyib ibn Nazir
Homiylar Gʻoyib ibn Nazir
Asosiy sana:
Maqomi Davlat himoyasida[1]
Holati Isoqxon toʻra muzeyi

41°00′14″N 71°30′26″E / 41.00389°N 71.50722°E / 41.00389; 71.50722

Gʻoyibnazar Qozi madrasasi — Toʻraqoʻrgʻon shahrining markazida joylashgan Gʻoyibnazar qozi madrasasi, (Shoʻrolar davrida „qozi“ soʻzi qoldirilib, Gʻaynazar yoki Gʻoyibnazar madrasasi nomi bilan atab kelingan). Ushbu madrasaning old fasadida, yaʼni kirish eshigining yuqori qismida madrasani oʻsha davrdagi yetuk meʼmor usta Mulla Qirgʻiz qurganligi yozib qoʻyilgan. Ushbu madrasaga asos solgan va uning qurilishiga katta mablagʻ sarf qilgan Gʻoyibnazar XIX asrning soʻnggi choragidan boshlab, XX asrning boshlariga qadar Toʻraqoʻrgʻonda qozilik qilgan saxovatli, ilm maʼrifatli, xalqparvar inson edi. Oʻsha paytlardagi yuz bergan ocharchilik yillarida koʻpchilikning qornini toʻydirib, yetimlar boshini silab, homiylik qilib kelgan. Gʻoyibnazar qozi Xudo rizosi uchun xoli bir madrasa qurishga qaror qiladi va bu ishni oʻsha davrning mashhur va taniqli meʼmori usta Mulla Qirgʻiz ibn Ibrohim meʼmorga topshiradi.

Usta Mulla Qirgʻiz boʻlajak binoning tarxi (plani) va rejasini ishlab chiqib, 1890 yilda qurilishni boshlab yuboradi. Madrasa toʻgʻri burchakli tarh asosida 30x40 metr hajmda qurilgan. Fasad qismi gumbazining balandligi 17 metr boʻlib, ikki qavatli gumbaz va burchagidagi mezanalardan tashkil topgan. Madrasa tevarak atrofi hujralar bilan oʻralgan hovli shaklida qurilgan. Fasad qismi pishgan gʻishtdan barpo etilgan. Tevarak atrofidagi hujralari esa xom gʻishtdan qurilgan[2].

Bu jarayonda yollangan ishchi-mardikorlardan tashqari xalq hasharchilari ham ishtiroq etishadi va madrasa ikki yildan oshiqroq muddatda, yaʼni 1892 yilda pishiq gʻishtdan, ixcham qilib qurib bitkaziladi. Bino qadimiy Oʻrta Osiyo madrasalari anʼanasiga muvofiq bunyod etilgan boʻlib, yopiq, toʻgʻri burchakli, tevarak atrofi hujrali va bu mutanosiblikka muvofiq tarzda, madrasa hovlisidan iborat boʻlgan. Sharq tomondagi hujralari ikki qavatli qilib qurilgan. Kirish darvozasi bosh fasadining meʼmoriy usulida anʼanaviy shakldagi ravoqli peshtoq qoʻllangan. Uning ikki tomonidan ikkinchi qavat ravoqlari koʻzga tashlanib turadi. Binoga kirish darvozasining ikki yonidagi bino burchaklarida ikkita katta minora bunyod etilib, ularning ustiga mezanalar ishlangan. Mazkur mezanalar sirtini gʻishtdan boʻrttirib ishlangan naqshlar va ajoyib sanʼatli arabiy yozuvlar bezab turadi. Madrasaga kirish qismining ikki yonidagi bino tomlari qovurgʻali ikki gumbaz bilan yopilgan. Mazkur gumbaz va minoralar binoga ajoyib bir ulugʻvorlik baxsh etib turadi. Madrasaning ichki qismidagi hujralarda tolibi ilmlar turgan boʻlsa, gumbazlar ostidagi xonalar darsxona boʻlib, ularda saboq olishgan.

Nazar oʻgʻli Gʻoyibjon 1833 yilda hunarmand oilasida dunyoga kelgan. U katta qomatli, oʻtkir zehnli boʻlib, savodini Arabiston, Afgʻoniston va Turkiyada oshirgan. U Qoʻqon xonligida eng yirik qozi boʻlib ish boshlagan, Gʻoyibnazar qozi juda odil, halol inson boʻlgan. U 1891 yilda oʻzining shaxsiy jamgʻarmasidan Istambul shahridagi doʻstlari koʻmagida meʼmorlik sanʼati namunasi boʻlmish Gʻoyibnazar qozi uy madrasasi qurilishini boshladi. Chotqol togʻlaridagi archalarni Kosonsoyda oqizib keltirgan. Gʻoyibnazar qozi uy madrasasi qurilishi 1895 yilda nihoyasiga yetgan. Gʻoyibnazar qozi uy madrasasini vaqfi Boʻston, Yelxon va Alamli buvagacha boʻlgan. 1896 yilda Gʻoyibnazar qozi vafot etadi. Undan qolgan yer, suv, kabi boyliklarini meros sifatida katta xotinlarining farzandlari boʻlishib olganlar. Farzandlari Abbosxon bilan Hamroxonga 1910 yilda Gʻoyibnazar qozi madrasasi va unga tegishli yer-suvlar qonuniy meros qilib berildi. Mehrixon aya va farzandlari 1949 yilgacha shu Gʻoyibnazar qozi uy madrasasida yashadilar.

Gʻoyibnazar qozi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gʻoyibnazar qozi — oʻz davrining fidoyi insoni boʻlib, Toʻraqoʻrgʻonda bir necha bogʻlar yaratgan. Ilm-hunarni juda ardoqlab, unga keng yoʻl ochgan. Ishoqxon Ibrat, Abduqahhor aʼlam, Jalolxon imom uning talabalaridir. Gʻoyibnazar qozining oʻgʻli Abbosxon Nazarov 1920 yilda maorifda rus tili va politexnika taʼlimidan dars berib, ilmiy boʻlim mudiri va direktor boʻlib ishlagan. Umrining oxirigacha fidoyilik qilgan. 1949 yilda vafot etgan. Uning oʻgʻillari va nevaralari hozirgi kungacha xalq taʼlimi sohalarida ishlab kelmoqda. Gʻoyibnazar qozining vasiqa va meroslari professor Ismatulla Abdullaev tomonidan 1992 yilda tarjima qilingan. Gʻoyibnazar qozi haqidagi barcha maʼlumotlarni yigʻish va oʻrganish sohasida Toʻraqoʻrgʻon tumani maorif va madaniyat xotira uyida juda koʻp ibratli ishlar amalga oshirilgan.

Xullas, Gʻoyibnazar qozi madrasasi Namangan viloyati hududida saqlanib qolgan anʼanaviy uslubda bunyod etilgan madrasa sanaladi va Namangan shahridagi Mulla Qirgʻiz madrasasidan keyingi ikkinchi meʼmorlik obidasi sifatida ulkan ahamiyatga egadir.

Gʻoyibnazar qozi madrasasi — Madrasa toʻrtburchak tarhli, atrofi hujralar bilan oʻralgan hovlidan iborat,sharqiy tomondagi hujralar 2 qavatli; bosh tarzi peshtoqli, uning ikki tomonidan 2-qavat ravoqlari koʻzga tashlanib turadi; burchaklariga sirti gʻishtin naqshlar bilan bezatilgan mezanali minoralar ishlangan. Bino burchaklaridagi hujralardan darsxona sifatida foydalanilgan, darsxonalar gumbazi qovurgʻali. Madrasaning kirish eshigining yuqori qismiga arab yozuvida binoning bunyod etilgan vaqti va meʼmori, taʼmirlangani haqida [sana] „1311-yil (1893-yil) amali Mulla Qirgʻiz, meʼmor, 1384-yil (1964-yil) taʼmiri soniy usta Fozil Namangoniy“… deb bitilgan. Mulla Qirgʻiz madrasasi qurilishida (1910-yil) qatnashgan usta Fozil Neʼmatulla oʻgʻli Namangoniy oʻgʻillari va shogirdlari bilan binoni taʼmirlagan; hovli usti yopilib, sahna va zallar barpo qilingan.

  1. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named Lex
  2. „http://www.nmn.uz/uz-Cyrl-UZ/Sanctity/Architectural#prettyPhoto“. 2020-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-iyun.