Kontent qismiga oʻtish

Gʻozgʻonmarmar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

"GʻOZGʻONMARMAR" AKSIYADORLIK JAMIYATI - tabiiy tosh (marmar)dan qurilishda ishlatiladigan qoplama-pardozlash plitalari ishlab chiqaradigan yirik korxona.

"Oʻzqurilishmateriallari" aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradi. Navoiy viloyati Nurota tumani Gʻozgʻon shaharchasida joylashgan. 1969-yilda tashkil topgan. Respublikadagi eng katta marmar konlaridan biri boʻlgan Gʻozgon marmar koni negizida ishlaydi. Korxonaning yillik marmar plitalari ishlab chiqarish quvvati 60 ming m2. 2000-yil dan marmar plitalari Italiyaning "Tema frugoli" firmasidan kelti-rilgan dastgohlar yordamida ishlab chiqarilmoqda. 1994-yildan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati. 2004-yilda 13,5 ming m3marmar bloklari qazib olindi (konning zaxirasi 7576,0 ming m3). Gʻozgʻon marmari juda xilma-xil rangli koʻrinishga ega. Korxonada ishlab chiqarilgan marmar plitalari Toshkent, Mos-kva, Sankt-Peterburg, Kiyev va boshqa shaharlar metropoliteni, koʻplab meʼmorlik inshootlari qurilishida ishlatilgan. Korxonada ishlab chiqarilgan marmar mahsulotlari ichki bozorda sotiladi, shuningdek, Rossiya, Afgʻoniston va Qozo-gʻistonga eksport qilinadi.