Kontent qismiga oʻtish

Gafarova Saxiba Ali qizi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(G‘afarova Saxiba Ali qizidan yoʻnaltirildi)
Gafarova Saxiba Ali qizi
Tavalludi 1955-yil 19-mart
Shamkir shahri, Ozarbayjon SSR, SSSR
Kasbi siyosatchi, oʻqituvchi
Fuqaroligi Ozarbayjon
Taʼlimi F. Axundov nomidagi Ozarbayjon rus tili va adabiyoti pedagogika institutining (Boku Slavyan universiteti) rus tili va adabiyoti fakulteti, Ozarbayjon pedagogika institutining ingliz tili filologiyasi fakulteti
Mukofotlari „Hamkorlik rivojiga qoʻshgan hissasi uchun“ ordeni (2022-yil 8-dekabr, Turkmaniston), Ozarbayjondagi taʼlimning rivojlanishida qoʻshgan hissasi uchun „Ozarbayjonda xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi“ (2016-yil 14-dekabr)

Saxiba Ali qizi Gafarova (ozarbayjoncha: Sahibə Əli qızı Qafarova Sahibə Əli qizi Qafarova) – ozarbayjonlik siyosatchi ayol. U 2020-yil 10-martdan boshlab Ozarbayjon parlamentining spikeri[1][2], filologiya fanlari doktori, professor boʻlib tayinlanadi. " Yangi Ozarbayjon „ partiyasining aʼzosi. Ozarbayjonga xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi (2016) unvoniga sazovar boʻlgan.

Saxiba Gafarova 1955-yili 19-martda Shamkir shahrida tavallud topgan.

U M. F. Axundov nomidagi Ozarbayjon rus tili va adabiyoti pedagogika institutining (Boku Slavyan universiteti) rus tili va adabiyoti fakultetini, shu bilan birga, Ozarbayjon pedagogika institutining ingliz tili filologiyasi fakultetini imtiyozli diplom bilan bitirgan. Rus va ingliz tillarida gapira oladi. Oilali, ikki farzandning onasi.

Siyosiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saxiba Gafarova hozirgi kunda Ozarbayjon parlamenti Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo boʻlgan davlatlar Parlamentlararo assambleyasi (MDH PPA)]]ning va Turkiy tilli mamlakatlar parlamentining assambleyasi (TurkPA)dagi delegatsiyaga rahbarlik qiladi.

2016-yili Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Ozarbayjonda taʼlimni rivojlantirishdagi qoʻshgan hissasi uchun „Ozarbayjonga xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi“ hurmatli unvoniga sazovar boʻladi.

Shuningdek, Saxiba Gafarova birqancha darsliklarning, oʻquv qoʻllanmalar, bitta monografiya va 80 dan ortiq ilmiy maqolalarning muallifi.

  • "Hamkorlik rivojiga qoʻshgan hissasi uchun" ordeni (2022-yil 8-dekabr, Turkmaniston ) – Turkmaniston va Ozarbayjon Respublikasi oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga, shuningdek, Turkmanistonning xalqaro nufuzining davlat va jamoat faoliyatini oshirishga qoʻshgan katta hissasi inobatga olinadi[3].
  • „Ozarbayjonga xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi“ (2016-yil 14-dekabr) – Ozarbayjondagi taʼlimning rivojlanishida qoʻshgan hissasi uchun[4].