Kontent qismiga oʻtish

Gʻafurov Shamsuddin

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(G‘afurov Shamsuddindan yoʻnaltirildi)

Shamsuddin Gʻafurov (1883 - Samarqand — 1963) — meʼmor, ganchkor usta. Hunarni otasi usta Gʻafur bilan birga ishlab oʻrgangan; usta Saʼdulla, usta Abduqodirlar bilan birga ishlab malakasini oshirgan. Kalontarov uyi (1894), Bogi Baland masjidi (1900), Xoʻja Nisbatdor masjidi (1901), Shayboniyxon masjidi, Xushvaqtboy uyi (Samarqand viloyatida) va boshqalarni bezashda qatnashgan. Davlat va xusu-siy uylar qurilishida ishtirok etib, ularni ganch oʻymakorligi bilan bezadi: Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi binosi (1940), Muqimiy teatri (1942—43), Navoiy teatri (1947) va boshqalar. Gʻ. Sherdormad-rasa toqilarini tiklashda (1926), Ulugʻbek madrasasining shimoli-sharqiy minorasi muqarnaslari (1932), Tillakori madrasa, Shohizinda an-sambli (1934—45), Amir Temur maq-barasi (1943—45), Shahrisabzdagi Koʻk gumbaz masjidi, Gumbazi Sayidon (1954—55) va boshqa meʼmoriy obidalarni taʼmirlashda faol ishtirok etgan. U ^yaratgan ulgi, axta, andazalar va ishlaridan namunalar respublika muzeylarida saqlanadi.[1]

  1. "Gʻafurov Shamsuddin" OʻzME. Gʻ-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil