Kontent qismiga oʻtish

Gidrokombinezon

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(G‘avvoslik libosidan yoʻnaltirildi)

Gidrokombinezon, gʻavvoslik libosi — gʻavvosni sovqotish va shikastlanishdan saqlaydigan kiyim-bosh. Suv oʻtkazmaydigan ("quruq") va suv oʻtkazadigan ("hoʻl") G.lar boʻladi. Suv oʻtkazmaydigan G. rezinalangan gazlamadan tikiladi. G. shlemi (bosh kiyimi), kuylagi, shimi, etigi va qoʻlqoplari yaxlit yoki alohida-alohida qilib tayyorlanishi mumkin. G. shlemiga gʻavvoslik apparatidan keladigan nafas olish naychasi biriktiriladi. Suv oʻtkazadigan G. gʻovak rezinadan tayyorlanadi; u gʻavvos badaniga yopishib turadi. Unda shlem bilan koʻylak birga, shim bilan paypoq birga tikiladi.

GIDROKON,gidravlik kon — qazilma boyliklar (mas, koʻmir)ni qazish, tashish va yer sirtiga chiqarish ishlari suv oqimi energiyasi hisobiga bajariladigan shaxta. G.da suv manbai shaxtaga okib keladigan yer osti suvlari hisoblanadi. Koʻmir yuqori (5— 10 Mya/m2) bosimli suv oqimi taʼsirida uvalatiladi yoki oldin mexanik tarzda uvalatilib, keyin suv oqimida yuvib tushiriladi. Suvni konga markazdan qochma nasoslar quvurlar orqali haydab beradi. Zaboyda uvalatib tushirilgan koʻmir suv oqimi taʼsirida metall novlarda gidrokutargich kamerasiga boradi, undan yuqoriga chiqariladi va boyitish fabrikasiga yuboriladi. Bu yerda koʻmir aralashmalardan tozalanadi (boyitiladi), suvsizlantiriladi va quritiladi. G.da texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar "quruq" shaxtalardagidan yuqori boʻladi (yana q. Gidromexanizatsiya).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil