Gʻovaklik
GʻOVAKLIK, togʻ jinslarining gʻovakligi — togʻ jinslari ichidagi boʻshliq (gʻovaklar, yoriq)lar yigʻindisi. Ularga suyuqtik va gazlar joylashadi. Shakliga koʻra gʻovaklar pufaksimon, kanalsimon, yoriqsimon, shoxsimon boʻladi. Gʻ.ning umumiy, ochiq, yopiq turlari mavjud. Umumiy Gʻ. togʻ jinslari ichidagi hamma gʻovaklar yigʻindisidir. O ch i q. Gʻ. — oʻzaro tutashgan gʻovaklar hajmi. Yopiq Gʻ. — oʻzaro tutash boʻlmagan, yopiq gʻovaklar yigʻindisidir. Neft geologiyasida foydali va dinamik Gʻ. farq qilinadi. Foydali Gʻ. — suyuqlik sizilayotgan gʻovaklar yigʻindisi. D i -n a m i k Gʻ. muayyan bosim va temperaturada toʻyintiradigan suyuqlik yoki gazlar oʻtadigan Gʻ.lar hajmi, har doim umumiy Gʻ.dan kichik boʻladi. Gʻ. oʻlchami togʻ jinslarining moddiy tarkibi bilan uzviy bogʻlangan boʻlib, balchiq. sof tuproqlarda 80% gacha; ch\;kindi togʻ jinslari (ohaktosh, dolomit, qumtoshlar)da 1% dan 35% gacha; vul-kanogen-choʻkindi togʻ jinslari (tuf-qumtoshlar, tuffitlar)da 5—20% chamasi, magmatik togʻ jinslarida 5% dan koʻp emas. Chuqurlik ortgan sari togʻ jinslari (ayniqsa. choʻkindi togʻ jinslari) Gʻ.ligi, odatda, kamaya boradi va katta chuqurliklarda kam ahamiyatga ega. Gʻ. togʻ jinslarining fizik xususiyatlari: mustahkamlik, siqilish imkoniya-ti, elektrik va boshqa para-metrlarini aniqlaydi. Paydo boʻlishiga koʻra birlamchi va ikkilamchi Gʻ. farqlanadi. Birlamchi Gʻ. choʻkindilarning toʻplanish sharoitiga bogʻliq, choʻkindi jinslarning hosil boʻlish jarayonida yuzaga keladi va asta-sekin kamayib boradi. Ikkilamchi Gʻ. epigenetik jarayonlar taʼsirida jinslardan minerallarni eritib yoki zarra holida olib chiqilishidan paydo boʻlgan boʻshliqlar bilan bogʻliq. Karbonat jinslarning erishidan ikkilamchi Gʻ. tarkib topadi, mas, karst hosil boʻlishi mumkin. Togʻ jinsi gʻovakliligi laboratoriyada turli tadqiqot usullaridan, qatlamlarning gidrodina-mik tadqiqotlaridan va kon geofi-zikasi usullaridan foydalanib aniqlanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |