Kontent qismiga oʻtish

Gʻurraklar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(G‘urraklardan yoʻnaltirildi)
G'urrak
Biologik klassifikatsiya
Domen: Eukariotlar
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Qushlar
Oila: Kaptarlar
Urugʻ: Streptopelia
Binar nomi
Columba turtur


Gʻurraklar (ing. Streptopelia)— kaptarsimonlar turkumiga mansub bir necha tur qushlarning umumiy nomi.

Tanasi oʻrtacha 14 sm dan 30 sm gacha boʻladi. Yaltiramaydi, tomogʻida qora dogʻlar bor. Dumi uzun. Yer yuzida keng tarqalgan. Oʻzbekistonda bir urugʻga mansub 4 turi (qumri, oddiy gʻurrak, togʻ gʻurragi, musicha) uchraydi. Daraxt, buta va binolar peshtogʻiga uya quradi. Yilda 2—3-marta va undan ham koʻp 2 tadan tuxum qoʻyadi. Tuxumlarini nari va modasi navbat bilan 13—14 kun atrofida bosadi. Gʻurraklar asosan, donlar bilan oziqlanadi. Ayrim turlari ov obʼyekti hisoblanadi[1].

Gʻurrak yaʼni Streptopelia kaptarning bu turi 1855-yilda fransuz ornitologi Charles Lucien Bonaparte tomonidan fanga kiritilgan[2]. Bu nom qadimgi yunoncha strétos (streptós) soʻzma-soʻz tarjima qilinganda burmalangan degan maʼnoni anglatadi, lekin kengaytmasi bilan oʻralgan metall yoqali va péleia (peleia) yovvoyi kaptar degan maʼnoni anglatadi. Bundan tashqari, 1855-yilda ingliz zoologi George Robert Grey bu turni Streptopelia risoria deb nomlagan[3].

Oʻtmishda koʻp boʻlgan, bir necha yuz mingtagacha uyalagan. Oʻtgan asrning 80-yillarida Qizilqum choʻlidagi Tomdi vohasida soni har 10 gektarga 4,3 tadan togʻri kelgan. Bu koʻrsatkich Zarafshon vohasida 9,6 dan 18 tagacha, Buxoro chegarasida – 12 ta boʻlgan. Keyingi 30 yilda soni keskin kamaygan. Qarshi shahrida oxirgi 25 yilda kunduzgi hisob boʻyicha 128 tadan 4 tagacha kamaygan. Toshkentda 2015-yilda faqat bir juft borligi aniqlangan. 2015-yil bahor va yozda Qashqadaryo va Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Navoiy va Buxoro viloyatlarida kuzatishlar olib borilganda, ushbu turga mansub qush bitta ham uchramagan. Rossiya va Qozogʻistonda ham ularning soni 80—90% gacha kamyib ketgan boʻlsa, Yevropada oxirgi 16 yil ichida 30—49% gacha kamayganligi maʼlum[4].

Ushbu tur asosan Afrikada uchraydi, biroq bir nechta kichik turlari tropik janubiy Osiyoda uchraydi. Osiyoning gʻarbiy Tyan-Shan va gʻarbiy Pomir-Oloyning pasttogʻlari, Sirdaryo, Amudaryo, Qashqadaryo va Zarafshon daryolarining vodiylari, Sherobod, Surxondaryoda tarqalgan[4]. Oʻzbekistondan tashqarida esa Yevropa, Sibirning janubi, Old va Oʻrta Osiyo, Afrika shimoli Senegalning sharqiy tomonidan tortib Sudangacha tarqalgan[5].

  1. „Methodi naturalis avium disponendarum tentamen. Försök till fogelklassens naturenliga uppställnung“.
  2. „Coup d'oeil sur les pigeons (quatrième partie)“.
  3. „Catalogue of the Genera and Subgenera of Birds Contained in the British Museum.“.
  4. 4,0 4,1 „O'zbekiston respublikаsining qizil kitobi 2 Jild“.
  5. „"African Collared-dove (Streptopelia roseogrisea)"“.