Kontent qismiga oʻtish

Gelibolu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Gallipoli yarim orolidan yoʻnaltirildi)

Gelibolu, Gallipoli yarim oroli — Turkiyaning Yevropa qismidagi yarim orol. Saros qoʻltigʻi bilan Dardanel boʻgʻozi orasida. Uzunligi 90 km, eni 20 km gacha, eng baland joyi 374 m. Paleogen davrining qumtosh, gillaridan tuzilgan. Iqlimi subtropik. Oʻrta dengiz boʻyi oʻsimliklari oʻsadi. Eng yirik shahri va dengiz porti — Gelibolu (Gallipoli). Birinchi jahon urushi (1915) davrida Geliboluda Dardanel operatsiyasi (Angliya bilan Fransiya Qora dengiz boʻgʻozlarini qoʻlga kiritish uchun Geliboluga desant tushirgan; biroq bu operatsiya muvaffaqiyatsiz chiqqan) oʻtkazilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil