Kontent qismiga oʻtish

Gallyutsinatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Gallutsinatsiyadan yoʻnaltirildi)
Olmon musavviri August Natterer tomonidan chizilgan My eyes at the moment of the apparitions nomli asar, unda rassomning oʻz gallyutsinatsiyalari tasvirlangan.

Gallyutsinatsiya (lotincha: alucinatio — xom xayol, bemaʼni, xato) — yoʻq narsa va hodisalarni bordek idrok etish. Idrok etilgan yoʻq obrazlar tashqi tasvirga ega boʻlib, ular borliqda real narsalar kabi oʻrin oladi va shu tufayli bemor bularning rostligiga ishonadi, aslida yoʻq narsalarni koʻrayotgan, eshitayotgandek boʻladi. Ruhiy va infeksion zararlanishlar, bosh miya shikastlari, alkogolizm bilan bogʻliq psixozlarda, giyohvandlikning baʼzi xili, ruhiy iztirob va hokazo oqibatida yuzaga keladi. Gallyutsinatsiyani birinchi boʻlib fransuz psixiatri Jean-Étienne Dominique Esquirol taʼriflab bergan (1817). Gallyutsinatsiyalar bosh miya barcha faoliyatining buzilishi bilan bogʻliq boʻlib, u faqat idrok etish va tasavvur qilishning buzilishigina boʻlmay, balki bemorning atrof muhitga boʻlgan munosabati, uning hissiyoti va tafakkurlarining ham oʻzgarishidir. Gallyutsinatsiyaning oddiy va murakkabligi, qaysi analizatorga taalluqliligi, gallyutsinator obrazlarning tasviri hamda paydo boʻlish sharoitiga qarab bir necha xilga ajratiladi. Gallyutsinatsiyaning oddiy xili, yaʼni elementar gallyutsinatsiyaga fotopsiyalar (koʻz oldida uchqun, tutun yoki tuman koʻrinishi) hamda akazmlar (quloqqa shovqin, qarsillagan tovush eshitilishi) kirib, ular har doim predmetsiz yuzaga keladi. Gallyutsinatsiyaning murakkab xili doim predmetli va tasviriy tabiatga (bemorning koʻz oʻngida unga tashlanayotgan hayvon yoki qon koʻrinishi mumkin) ega boʻladi.[1]

Tabiatiga koʻra (sezgi aʼzolari yoki analizatorlar boʻyicha) koʻrish, eshitish, hid bilish, taʼm bilish, taktil va umumiy sezgi, shuningdek vestibulyator va motor gallyutsinatsiyalar farq qilinadi. Bemorda bir vaqtning oʻzida bir nechta gallyutsinatsiya kuzatiladi. Mas, bemor (aslida yoʻq) tanish yoki notanish kishilarni koʻri-shi, gaplarini eshitishi; gullarni koʻrib ularni ushlashi yoki hidlab koʻrishi mumkii. Gallyutsinatsiyadan imperativ mazmundagi eshitish gallyutsinatsiyai xavfli, bunda gʻoyibdan kelgan tovush bemorga biror ish (oʻzini oʻldirish, ovqat yemaslik, uyni yoqish, atrofidagilarga tajovuz qilish) buyuradi. Asli yoʻq tovushga bemor itoat qilib baʼzan jinoyatga qoʻl urishi, oʻz-oʻziga yoki oʻzgalar joniga qasd qilishi mumkin. Gallyutsinatsiya paydo boʻlish vaqti va sharoitiga koʻra gipnogagik (uyqu oldi) va gipnopampik (uygʻonish vaqtida), klinik kechishiga qarab esa chin va soxta xillarga ajratiladi. Gallyutsinatsiyani imyuzshshan farqlamoq kerak. Gallyutsinatsiya koʻpgina ruhiy kasalliklarning oʻziga xos belgilaridan hisoblanadi.

  • Xalchlov, Mirqobil. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  1. Leo P. W. Chiu (1989). "Differential diagnosis and management of hallucinations". Journal of the Hong Kong Medical Association t 41 (3): 292–7. http://hkjo.lib.hku.hk/archive/files/2c023b7934fcf5e064bfd487061eaa53.pdf.