Kontent qismiga oʻtish

Xarlem

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Garlemdan yoʻnaltirildi)

Xarlem, Garlem – Niderlandiyaning gʻarbiy qismidagi shahar. Shimoliy Gollandiya provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 148,7 ming kishi (2001). Sparna kanalidagi bandargoh. Gulchilik rayoni markazi. Eksport uchun gullar, asosan, lola ekiladi. Transport mashinasozligi, sintetik kauchuk ishlab chiqarish, parfyumeriya, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Muzeylar, bogʻlar bor. 14—18-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.