Geksaxloran
Qiyofa
(Geksaxlorsiklo Geksandan yoʻnaltirildi)
Geksaxloran, geksaxlorsiklogeksan, GXSG, gammeksan, benzogeksaxlorid (S6N6S16) — sirtdan taʼsir etuvchi insektitsid. Texnik geksaxloran oʻtkir, yoqimsiz hidli, pushti yoki sargʻish kulrang kristall modda. 8 izomeri mavjud. Shundan faqatgina gamma izomer kuchli insektitsidlik xususiyatiga ega. Zararkunandalarga qarshi kurashda ularning har biridan mustaqil ravishda yoki boshqa preparatlarga aralashtirib foydalanilgan. Yuqori kumulyativ xususiyatga ega boʻlgani sababli geksaxloranni qishloq xoʻjaligi maqsadlarida ishlatish 1970-yildan boshlab man qilingan, ammo uning qoldiqlari hanuzgacha tuproqda aniqlanishi mumkin.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |