Kontent qismiga oʻtish

Hermann von Helmholtz

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Hermann Ludwig Ferdinand von Helmholtz (talaffuzi: Herman Lyudvig Ferdinand fon Helmhols; 1821-yil 31-avgust, Potsdam — 1894-yil 8-sentyabr, Berlin) — nemis tabiatshunosi. „Kuchning saqlanishi haqida“ (1847) asarida birinchi boʻlib energiyaning saqlanish qonunink matematik jihatdan asoslab, bu qonunning umumiyligini koʻrsatgan. Eng kichik taʼsir prinsipini issiqlik, elektr va yorugʻlik hodisalariga qoʻllab, bu prin-sipning termodinamikaning ikkinchi qonuni bilan bogʻlanganligini ochib bergan. U birinchi boʻlib hammaga tushunarli shaklda elektrning atom tabiati gʻoyasini ilgari surgan. Helmholtz suyuqliklarning uyurma harakati nazariyasini rivojlantirib, mexanik va elektromagnit jarayonlarni tekshirish uchun bu nazariyaning amaliy qoʻllanishiga doir bir qancha misollar berdi. U yorugʻlikning elektromagnit nazariyasini va anomal dispersiya nazariyasini taraqqiy ettirgan. Fanga erkin va bogʻlangan energiyalar degan tushunchani kiritgan. Koʻrish va eshitish fiziologiyasiga oid masalalarni ilmiy jihatdan toʻgʻri talqin qilgan. Helmholtz muskullarda issiklik paydo boʻlishini aniqlab, uni hamda nerv impulslarining tarqalishi tezligini oʻlchagan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.