Kontent qismiga oʻtish

Genetik fond

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Genofonddan yoʻnaltirildi)

Genetik fond, genofond (gen va frans. fond — asos) — individlarda mavjud boʻlgan va mazkur populyatsiyann tashkil qiluvchi genlar yigʻindisi. Genetik fond irq va turlarning paydo boʻlish jarayoni asosidir. "Genetik fond" terminini fanga rus olimi A. S. Serebrovskiy kiritgan (1928). Populyatsiyadagi genlarning nisbiy takrorlanishi yetarli darajada katta populyatsiyalar miqyosida va tanlash roʻy bermaydigan sharoitlarda avloddan-avlodga oʻzgarishsiz oʻtadi. Populyatsiyalar genetik fond mutatsiyalarmusht vujudga kelishi, duragaylash (biron-bir boshqa populyatsiyadan genlarning oʻtishi) va tabiiy tanlanish natijasida oʻzgaradi. Krossingover yoki meyozda xromosomalarning qayta taqsimlanishidan yuzaga keluvchi rekombinatsiya genning yangi birikmalarini hosil qiladi. Natijada vujudga kelgan yangi fenotiplar muayyan darajada yashovchanlikka qulay yoki, aksincha, noqulay boʻlishi mumkin. N. I. Vavilovbirlamchi va ikkilamchi gen markazlari haqidagi tushunchani ifodalab berdi (qarang Madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish markazlari). Tur populyatsiyalari genetik fond tarkibi tarixan gen markazlarida shakllangan. Botanik olim P. M. Jukovskiy madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish va shakl hosil qilishining 12 ta megamarkazini aniqladi. Biroq taksonomik tarkibining keng koʻlamda roʻy berayotgan qashshoqlanishi va koʻpgina ekosistemalar strukturasining soddalashib borishi ularning optimal darajada faoliyat koʻrsatishini hamda barqarorligini cheklab qoʻimoqda. Koʻp populyatsiyalargina emas, balki koʻpgina turlar va hatto turkumlar yoʻqolib ketmoqda, natijada insoniyat qimmatli genetik materialdan mahrum boʻlmoqsa. Genetik fondni saqlab qolishda oʻsimliklar (flora) geog .si va dunyo kolleksiyalari (genlar banki)ning ahamiyati katta. Dunyo kolleksiyasi — juda turli-tuman genotiplar, agroekologik belgi va xususiyatlar yigʻindisi boʻlib, ulardan ijodiy ilmiy ishlarda foydalaniladi. Mas, 30-y.larda Meksikadan N. I. Vavilov keltirgan akala gʻoʻza populyatsiyasi Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmanistonda yangi seleksion navlarni yaratish uchun asos boʻldi. Gʻoʻza turkumiga oid 50 ga yaqin yovvoyi turlarning va 4 madaniylashtirilgan turlarga oid 6 mingdan ortiq kolleksion nusxalar, yuzlab koʻp genomlik sintetik shakllar Oʻzbekiston FA Genetika va oʻsimliklar eksperimenta! biologiyasi institutining jahonga mashhur G.f.da saqlanib kelmoqsa va manba boʻlib ishlatilmoqaa.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil