Kontent qismiga oʻtish

Henry Ford

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Genri Forddan yoʻnaltirildi)
Henry Ford
Tavalludi 30-iyul 1863-yil
Vafoti 7-aprel 1947-yil(1947-04-07)
(83 yoshda)
Dearborn, Michigan (shtat), AQSh
Fuqaroligi AQSh[1][2]
Bolalari Edsel Ford
Ota-onasi William Ford va Mary Ford

Henry Ford (30-iyul, 18637-aprel, 1947) — Ford Motor Company Amerika korxonasining asoschisi va ommaviy sanoatda qoʻllanadigan zamonaviy yigʻish chiziqlarining otasi. 1879-yildan Deytroytda mexanik shogirdi. 1893-yildan "Edison ilyumineyting kompani", 1899—1902-yillarda "Deytroyt avtomobil kompani" bosh muhandisi. 1892—93 yillarda oʻzining birinchi 4 taktli ichki yonuv dvigateliga ega boʻlgan (4 o.k.) avtomobilini yaratdi. 1903-yilda "Ford Motor" kompaniyasiga asos soldi. Keyinchalik bu kompaniya jahondagi eng yirik avtomobil kompaniyalardan biriga aylandi. Oʻz zavodlarida standartlashtirish va konveyerpotok usulini keng qoʻlladi, mehnatni intensivlash orqali yuqori mehnat unumdorligini taʼminlashga erishdi. Keyinchalik mehnatni tashkil etishning F. qoʻllagan tizimi va uning qarashlari tarixga fordizm nomi bilan kirdi. Mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil etish toʻgʻrisidagi oʻz qarashlari va tajribalarini "Mening hayotim va ishim" (1922); "Bugun va erta" (1926); "Olgʻa harakat" (1930) kitoblarida bayon etgan. Asarlari 20-yillarda rus tiliga tarjima qilingan.

  • Lavrov N. S, Genri Ford i yego proizvodstvo, L., 1925.




  1. (unspecified title)
  2. (unspecified title)