Kontent qismiga oʻtish

Hermione Granger

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Germiona Greynjerdan yoʻnaltirildi)
Hermione Granger
Harry Potter obrazi

Emma Watson Hermione Granger rolida (Harry Potter va Feniks jamiyati)
Ilk bora koʻringan Harry Potter va hikmatlar toshi (1997)
Soʻnggi bora koʻringan Harry Potter va ajal tuhfalari (2007)
Muallif(lar) J. K. Rowling
Jonlantirgan(lar) Emma Watson
Ovoz bergan(lar)
Umumiy maʼlumotlar
Toʻliq ismi Hermione Jean Granger
Bolalari Rose Granger-Weasley
Hugo Granger-Weasley
Millati britan
Gryffindor
Tugʻilgan sanasi 19-sentabr 1979-yil
Imzosi

Hermione Jean Granger (talaffuzi: Hemoyeni Jin Greynje) — J.K. Rowling qalamiga mansub Harry Potter turkum kitoblaridagi adabiy qahramon. U birinchi marta Harry Potter va hikmatlar toshi (1997) romanida Hogwartsga oʻqishga ketayotgan yangi talaba sifatida paydo boʻladi. Harry va Ron uni qizlar hojatxonasida togʻ trollidan qutqarganlaridan soʻng, Hermione ular bilan juda yaxshi doʻst boʻlib qoladi va tez-tez oʻzining tezkor zehni, kuchli xotira va ensiklopedik bilimidan ogʻir vaziyatlarda yordam berish uchun foydalanadi. Muallifning taʼkidlashicha, Hermione oʻzini ishonchsizligi va muvaffaqiyatsizlik qoʻrquvi bilan yosh qizga oʻxshatadi.

Qahramon juda mashhur boʻlib ketdi. 2001-yilda namoyish etilgan Harry Potter va hikmatlar toshidan 2011-yilda kinoekranlarga chiqqan Harry Potter va ajal tuhfalari: 2-qismgacha boʻlgan sakkizta filmda Emma Watson tomonidan ijro etilgan Hermione obrazi 2016-yilda The Hollywood Reporter tomonidan Hollywood mutaxassislari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnomada barcha davrlarning eng yaxshi ayol qahramoni deb topildi.[2]

Obrazni rivojlantirish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hermione Jean Granger — sehrgar boʻlmagan nasabli Griffindor aʼzosi[3], Harry va Ron bilan juda yaqin doʻst boʻlib qoladi. Muallif taʼkidi boʻyicha, qahramon 1979-yil 19-sentabrda tugʻilgan va u birinchi marta Hogwartsga tashrif buyurganida deyarli oʻn ikki yoshda edi.[4] Hermione oʻqishi borasida aʼlochi boʻlgan va Rowling tomonidan „juda mantiqiy, toʻgʻri va yaxshi“ obraz sifatida tasvirlangan. Muallif qoʻshimcha qilishicha, uning ota-onasi, ikkita sehrgar boʻlmagan tish shifokorlari gʻalati qizlaridan biroz hayratlanishadi, ammo „baribir u bilan faxrlanadilar“. Ular sehrgarlar dunyosini yaxshi bilishadi va qizi bilan Diagon xiyoboniga tashrif buyurishgan.[5] Hermione yolgʻiz farzand. Biroq, Rowling 2004-yilda bergan intervyusida qahramonning singlisi boʻlishni moʻljal qilganini maʼlum qiladi, ammo rejalashtirilgan opa-singil juftligi paydo boʻlmadi, chunki u yangi personajni tanishtirish uchun „endi juda kech boʻlishi mumkin“ deb hisobladi.[6] Rowling Luna Lovegoodning obrazini ular juda farqliligi tufayli „Hermionega qarama-qarshi“ deb taʼriflagan.[7]

Muallif Hermione obrazi bir nechta hayotiy fazilatlarga ega ekanligini aytadi: „Men uni oʻzimga oʻxshatishni maqsad qilgan emasman, lekin menga biroz oʻxshaydi. U mening yoshligimda qanday boʻlganimni boʻrttirib koʻrsatadi.“ U yoshligida „hamma narsani biluvchi kichkintoy“ deb atalganini eslaydi. Bundan tashqari, muallif oʻzidan farqli oʻlaroq, Hermionening shoʻxligi ortida „ishonchsizlik va muvaffaqiyatsizlikdan qoʻrqish“ borligini aytadi. Va nihoyat, Rowlingning soʻzlariga koʻra, Albus Dumbledorening yonida Hermione mukammal ifodalovchi obrazdir; uning poyonsiz aqlidan har doim Harry Potter olamini tushuntirish uchun ifodalovchi sifatida foydalanish mumkin. Rowling shuningdek, oʻzining ayollik vijdonini „oʻz yoshidagi eng yorqin jodugar“ va „juda kuchli ayol xarakterini oʻzida jamlagan“ Hermione qutqarganini taʼkidlaydi.[8]

Hermione ismi, garchi Rowling qahramonlarning hech qanday oʻxshashligi yoʻqligini aytgan boʻlsa-da, aslida William ShakespeareningQishki ertak“ romanidagi qahramondan olingan.[9] Rowling oʻzi tanlagan ismning gʻayrioddiy boʻlishini xohlaganini aytadi.[9] Boshida uning familiyasi „Puckle“ edi, lekin Rowling bu „unga umuman mos kelmasligini“ his qildi va shuning uchun unchalik mashhur boʻlmagan Granger nomi uni kitoblar va filmlar qahramoniga aylantirdi.

Harry Potter kitoblari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Harry Potter va hikmatlar toshi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hermione birinchi marta „Harry Potter va hikmatlar toshi“ filmida Harry va Ronni Hogwarts Expressida uchratganida koʻrinish beradi va oʻsha yerda Ronni kalamushni sargʻaytirish afsunini bajara olmagani uchun masxara qiladi. U barcha darsliklarni yod olganini aytib, afsun sanʼatini qanchalik yaxshi bilishini isbotlaydi. Hermione doimo oʻz bilimlari bilan tengdoshlarini bezovta qiladi, shuning uchun Harry va Ron dastlab uni takabbur deb bilishadi, ayniqsa u Ronning Levitatsiya jozibasi haqidagi sehrini tanqid qilgandan keyin.[10] Uni trolldan qutqarmaguncha, ular Hermioneni chin koʻngildan yoqtirmaydilar, shundan keyin ularni jazodan himoya qilish uchun yolgʻon gapirgani sababli juda minnatdor boʻlishib, Harry va Ron bilan qalin doʻstlarga aylanishadi.[10] Hermionening mantiqqa boʻlgan mahorati keyinchalik bu uchlikka Hikmatlar toshini olish uchun zarur boʻlgan jumboqni yechish imkonini beradi va u „moviy qoʻngʻiroq olovi“ oqimini chaqirish orqali siquvchi oʻsimlik — Iblis tuzogʻini magʻlub qiladi.

Harry Potter va Maxfiy hujra

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hermione (Ronning onasi Molly Weasley va Hogwartsning bir necha talaba qizlari bilan birga) „Yovuz afsunlarga qarshi mudofaa“ fani oʻqituvchisi Gilderoy Lockhartni yaxshi koʻradi, chunki aynan u „Yovuz afsunlarga qarshi mudofaa“ mavzusidagi barcha kitoblarning muallifi hisoblanadi.[11] Gryffindor va Slytherin Quidditch jamoalari oʻrtasidagi ertalabki toʻqnashuvda Draco Malfoy Gryffindor jamoasi himoyachisi Hermioneni „qoni buzuq“ deb ataganidan soʻng mushtlashuv boshlanadi. U Maxfiy hujrani qayta ochgan Slytherin vorisi haqida maʼlumot toʻplash maqsadida Polijuice suyuqligini tayyorlaydi — bu eliksir uchlik oʻzlarini Draconing xonadoshlari sifatida koʻrinishini oʻzgartirish uchun zarur. Biroq, Slytherin talabasi Millicent Bulstrodening kiyimidan olingan sochlari uning mushuginiki boʻlganligi sababli u qidiruvda Harry va Ronga qoʻshila olmaydi. Sababi, damlama faqat inson qiyofasiga taʼsir qila oladi, taʼsiri toʻliq yoʻqolishi uchun haftalar kerak boʻladi. Hermione kutubxonadagi oʻrganishlari orqali maxluqni muvaffaqiyatli aniqlaganidan soʻng, Basilisk tomonidan tosh haykalga aylantirilgan. U kasalxona burchagida holsiz yotgan boʻlsa-da, shu ahvolida topgan maʼlumotlari Harry va Ron uchun Maxfiy hujra sirini ochishdagi muvaffaqiyatli bajarilgan topshiriqlarda juda muhim ahamiyat kasb etadi. Harry Basiliskni oʻldirganidan keyin Hermione jonlanadi, lekin yil oxiridagi barcha imtihonlar maktab bayrami sifatida bekor qilinganini bilib, xafa boʻladi.[11]

Harry Potter va Azkaban mahbusi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hermione Crookshanks ismli mushuk sotib oladi, u Ronning uy hayvoni Scabbersni taʼqib qiladi.[12] Kurs boshlanishidan oldin professor McGonagall yashirincha Hermionega vaqtni teskari aylantiruvchi qurilmani beradi, bu unga vaqtni ortga qaytarish va ogʻir darslar jadvalini boshqarish imkonini beradi, ammo bu asar yakunigacha oshkor etilmaydi. Hermione va uning ikki eng yaxshi doʻsti oʻrtasida katta keskinlik paydo boʻladi: Harry undan gʻazabda, chunki Hermione McGonagallga qora sehr izlari bor-yoʻqligini tekshirish uchun musodara qilingan qurilma — Fireboltni olganini aytib beradi. Ron ham gʻazablangan, chunki Scabbersning gʻoyib boʻlishida Crookshanks aybdor deb hisoblaydi, Hermione esa mushugining aybsizligiga qattiq ishonadi.

„Yovuz afsunlarga qarshi mudofaa“ darsida Remus Lupinning gapini toʻldirganda, Snape Hermioneni „barcha narsani chidab boʻlmas darajada biluvchi“ deb ataydi va uning Boʻri-odamlarni tasvirlashda oʻz qarashlarini navbatsiz gapirgani uchun, agar boshqa hech kim bu ishni qilmasa Gryffindorni jazolaydi. U Snapening uy vazifasini bajarib boʻlgach, Lupinning sirini toʻgʻri topadi. Crookshanks James va Lily Potterning sobiq doʻsti — Scabbers koʻrinishidagi Peter Pettigrewni fosh qilishda muhim ahamiyatga ega — Peter ular oʻldirilgan kechada Lord Voldemortga qayerda ekanliklarini maʼlum qilgan va Sirius Blackni (Harryning choʻqintirgan otasi ekanligi maʼlum boʻlgan) Potterlar oʻlimida ayblagan.[12][12] Vaqtni aylantiruvchi qurilma esa Hermione va Harryga Sirius va hippogrif Buckbeakni qutqarish imkonini beradi.[12][12]

Harry Potter va Alanga kubogi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hermione uy elflariga nicbatan boʻlayotgan shafqatsizlikdan dahshatga tushadi va ular uchun asosiy huquqlarni qoʻlga kiritish maqsadida S.P.E.W. — Elflar Farovonligini Qoʻllab-quvvatlash Jamiyatini tuzadi. U „Uch sehrgar turniri“ doirasida oʻtkazilgan Rojdestvo balida bolgariyalik quidditch oʻyinchisi Viktor Krumning hamrohi sifatida qatnashadi.[13] U ismining toʻgʻri talaffuzi (Her-my-oh-nee)ni Krumga oʻrgatishi sujetga kiritilgan, ammo Krum eplay olgan eng yaxshi natija „Herm-own-ninny“ boʻladi, lekin bu Herminoneni hafa qilmaydi. Keyinchalik uni Krum bilan doʻstligi tufayli „dushman bilan birodarlik qilish“da ayblaganidan keyin Ron bilan qizgʻin bahsga kirishadi. Kitobda Hermionening Ronga uni „qiz sifatida“ koʻra olmasligini, lekin Krum buni koʻra olishini aytganida, unga boʻlgan his-tuygʻulariga ishoralar bor. U Harryni „Uch sehrgar turniri“ davomida qoʻllab-quvvatlaydi va har bir topshiriqqa tayyorgarlik koʻrishida yordam beradi. Ikkinchi bosqich oxirida Krum undan yozda Bolgariyaga uni koʻrgani kelishini soʻraydi, lekin u muloyimlik bilan rad etadi. Semestr oxiriga kelib, u „Uch sehrgar turniri“ paytida oʻzi, Harry va Hagrid haqida tuhmatchi materiallarni chop etgan yolgʻon tabloid muxbiri va roʻyxatdan oʻtmagan hayvon oʻrgatuvchi Rita Skeeterni toʻxtatib, uning oʻz animagus (nusxa) shaklini bankada ushlab turadi.

Harry Potter va Feniks jamiyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hermione Ron bilan birga Gryffindor sardoriga aylanadi va Luna Lovegood bilan doʻstlashadi, biroq Hermione Lunaning otasining: Quibbler (Feniks jamiyati haqidagi nashr) — axlat, buni hamma biladi" degan maqolasini tanqid qilgandan soʻng, ularning doʻstligi yomon boshlaydi. Shuningdek, u xonadoshi Lavender Brownni Daily Prophet Harryning Voldemort qaytishi haqidagi hikoyalarni toʻqib chiqargani haqidagi daʼvolariga ishongani uchun tanqid qiladi. Ron va Hermione ehtimol ularning bir-biriga nisbatan ishqiy tuygʻulari kuchayganligi sababli koʻp vaqtlarini janjal bilan oʻtkazadilar, lekin ular Harryga sodiq qoladilar. Asardagi burilish nuqtalaridan biri, Sehrgarlik Vazirligining darsliklardagi mavzuning asosiy tamoyillarini hech qanday amaliy mashgʻulotlarsiz oʻrgatish haqidagi buyrugʻiga zid ravishda Hermionening hayoliga Harry kichik guruh talabalariga yashirincha himoya afsunini oʻrgatish gʻoyasini oʻylab topishidir. Hermione kutilmaganda katta mas’uliyatni oladi va guruh yangi paydo boʻlgan Dumbledore armiyasiga aylanadi. U Sirlar boʻlimidagi jangda qatnashadi va Ajal asofatlaridan biri Antonin Dolohovning afsunidan jiddiy jarohat oladi, ammo toʻliq tuzalib ketadi.[14][14]

Harry Potter va tilsim shahzodasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yangi Damlamalar professori Horace Slughorn Hermioneni oʻzining „Slug Club“ga qoʻshilishga taklif qiladi[15] va u jamiyat qasamyodini qabul qilayotganida Cormac McLaggenni sarosimaga solib qoʻyadi, bu esa uni Keeper sinovlari paytida soʻnggi qutqaruv urinishini oʻtkazib yuborishiga olib keladi, bu orqali Hermione Ronga Gryffindor Quidditch jamoasida oʻz oʻrnini saqlab qolishga yordam beradi. Hermionening Ronga boʻlgan his-tuygʻulari oʻsishda davom etmoqda va u Ronni Slughornning Rojdestvo ziyofatiga taklif qilish orqali harakat boshlashga qaror qiladi, lekin Ron Hermione bir necha yil oldin Krumni oʻpganiga oʻch olish maqsadida Lavender bilan munosabat boshlaydi. Hermione Rojdestvo ziyofatida McLaggenni topib, bilan uchrashishga harakat qiladi, lekin uning rejasi barbod boʻladi va ziyofatning yarmida uni tashlab ketadi.[15][15] Ron va Hermione doimiy ravishda bir-birlari bilan janjallashib qolaverishadi (Ron undan xafa boʻladi, chunki u Lavanda bilan oʻpishayotganini koʻrib, Hermione qushlarni ularga hujum qilishga majburlagan, Hermione esa oʻzining rashki kuchayib borayotgani uchun jinni boʻlib qolayozgan).

Toki Hermione bulgʻangan asaldan oʻlimga olib keladigan zaharlanishni boshlamaguncha, bu Ronni u bilan yarashish uchun etarlicha qoʻrqitadi. Dumbledorening oʻlimidan soʻng, Ron va Hermione ikkalasi ham har nima boʻlishidan qatʼiy nazar Harryning yonida qolishga vaʼda berishadi.[15] Asardagi kichik sujet shundan iboratki, Hermione va Harry damlamalar tayyorlashda raqobatga kirishadi, chunki Hermiont oʻz tengdoshlari orasida birinchi boʻlishga odatlangan va u Harryning avvalgi egasi tomonidan damlamalar kitobining chetida yozilgan maslahatlar va turli koʻrsatmalarga rioya qilib, undan nomaqbul tarzda oʻzib ketganidan gʻazablanadi. Hermione, shuningdek, uchlikda yagona boʻlib, oʻzining Apparition (koʻchib yurish) imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtadi.

Harry Potter va Ajal tuhfalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Hermione Dobbyning jasadini olib ketmoqda.

Yettinchi va oxirgi kitobda Hermionr Harryga Voldemortning qolgan Horcrux(odam ruhining bir qismini saqlash, uni oʻlimdan himoya qilish uchun ishlatiladigan narsa)larini yoʻq qilish uchun izlanishlarida hamrohlik qiladi. Safarga joʻnab ketishdan oldin u ota-onasining xavfsizligini taʼminlashga yordam beradi va ularni yolgʻon xotira jozibasi afsuni bilan sehrlab qoʻyadi — ular oʻzlarini bir umr Avstraliyaga koʻchib oʻtish orzusi boʻlgan Wendell va Monica Wilkins deb oʻylashlariga majbur qiladi. U Dumbledorening Beedle the Bard ertaklari nusxasini meros qilib oladi, bu unga Ajal tuhfalarining baʼzi sirlarini ochishga imkon beradi. U kichik munchoqli sumkachadan sayohatga tayyorlanish va joʻnash uchun kerakli narsalar bilan toʻldirish maqsadida bepoyon joyga ega hamyon yaratadi. Hermionening afsuni Harry ikkalasini Godric boʻshligʻidan oʻtishda, garchi Harryning tayoqchasini sindirib tashlashiga qaramasdan Lord Voldemort va uning iloni Naginidan qutqaradi. Hermione, Ron va Harry Vazirlik buyrugʻiga koʻra sehrgar boʻlmaganlar nasabiga mansub bolalarni qidirayotgan Snatcherlar tomonidan qoʻlga olinganda, Hermione qichitqi oʻt Jinx bilan Harryning yuzini vaqtincha oʻzgartirib, uni yashiradi.

U, shuningdek, taʼqiblardan qochish uchun oʻzini Hogwartsning sobiq talabasi Penelopa Clearwater va yarim qon sifatida koʻrsatishga harakat qiladi, ammo ular oshkor qilinadi va Malfoy Qarorgohiga olib ketiladi. Bellatrix Lestrange Hermione, Harry va Ron qanday qilib Godric Gryffindorning qilichiga egalik qilgani haqida maʼlumot olishga urinib, uni Cruciatus laʼnati bilan qiynoqqa soladi. Bellatrix goblin Griphookka qilichni tekshirishni va uning soxta yoki haqiqiyligini aniqlashni buyuradi. Hermioneni qutqarish uchun Harry goblinni Bellatrixga qilich soxta ekanligi haqida yolgʻon gapirishga ishontiradi. Qolganlar kameradan qochib ketganlarida, Bellatrix Hermionening tomogʻini kesish bilan tahdid qiladi. Hermione, Harry, Ron va Malfoy Qarorgohida saqlanayotgan boshqa mahbuslar oxir-oqibat Dobby tomonidan qutqariladi.

Hermione keyinchalik Gringottsdan Hufflepuff kosasini oʻgʻirlamoqchi boʻlganida, Bellatrixga oʻxshash uchun Polijuice damlamasidan foydalanadi. U, Harry va Ron Hogwarts jangida Dumbledore armiyasiga qoʻshilishadi, bu vaqt davomida Hermione Maxfiy hujradagi Hufflepuff kosasini basilisk tishi bilan sindiradi va boshqa Horcruxni yoʻq qiladi. Hermione va Ron ham jang paytida birinchi boʻsalarini baham koʻrishadi.[16] Katta zaldagi yakuniy jangda Hermione Ginny va Luna yordamida Bellatrixga qarshi jang qiladi. Biroq, ularning uchalasi Bellatrixni magʻlub eta olmaydi va u bilan jang qilishni toʻxtatadi.[16]

Yakun va keyingi hayot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Voldemortning oʻlimidan oʻn toʻqqiz yil oʻtgach, Hermione va Ronning Rose va Hugo ismli ikkita farzandi boʻladi.[16] Garchi asar yakunida Germiona va Ronning turmushga chiqqanligi aniq aytilmagan boʻlsa-da,[16] yangiliklar maqolalari va boshqa manbalar buni haqiqat sifatida koʻradi. Ikki farzandlarining ismlari Rose Granger-Weasley va Hugo Granger-Weasley.[17][18][19]

Boshqa materiallarda koʻrinish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Harry Potter and the Cursed Child ("Harry Potter va laʻnatlangan bola") pyesasida Hermione Sehrgarlik Vaziri boʻlgani koʻrsatilgan.

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „Hermione Granger Voice – Harry Potter franchise“. Behind the Voice Actors (18-dekabr 2019-yil).
  2. „Hermione GRANGER“.
  3. „Gryffindor students“.
  4. „HP World“. 2012-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-may.
  5. „Harry Potter Universe“.
  6. „Luna and Hermione“.
  7. „Rowling, J.K.“.
  8. „J.K. Rowling's Books That Made a Difference“. January 2001. {{cite magazine}}: Cite magazine requires |magazine= (yordam)
  9. 9,0 9,1 „W Shakespeare World“.
  10. 10,0 10,1 Rowling 1997.
  11. 11,0 11,1 Rowling 1998.
  12. 12,0 12,1 12,2 12,3 12,4 Rowling 1999.
  13. Rowling 2000.
  14. 14,0 14,1 Rowling 2003.
  15. 15,0 15,1 15,2 15,3 Rowling 2005.
  16. 16,0 16,1 16,2 16,3 Rowling 2007.
  17. „Finished 'Potter'? Rowling tells what happens next“. Today (26-iyul 2007-yil). 2014-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-may.
  18. „'Harry Potter' author ties up loose ends“. The Arizona Republic (5-avgust 2007-yil).
  19. „Today (U.S. TV program“.