Kontent qismiga oʻtish

Gidravlik akkumulyator

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Gidravlik Akkumulyatordan yoʻnaltirildi)

Gidravlik akkumulyator - bosim ostida boʻlgan ish suyuqpigʻi energiyasini toʻplash uchun xizmat qiladigan qurilma. Yuklatish kuchi keskin oʻzgaradigan qurilmalarda suyuqlik va gazlar bosimini hamda sarfini baravarlash uchun ishlatiladi. Gidravlik akkumulyatorning yuklamali, prujinali, elastik korpusli, porshenli, membranali, ballonli va b. xillari bor. Gidravlik akkumulyator silindrdan iborat boʻlib uning ichida plunjer yuradi. Suyuqlik kam sarflanayotgan paytda gidravlik akkumulyator nasosdan kelayotgan suyuqlikni toʻplab, koʻp sarflanayotgan paytda ish mashinalariga yuboradi. Gidravlik akkumulyator gidravlik qurilmaning ish unumdorligini oshiradi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil