Kontent qismiga oʻtish

Gidravlik transport

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Gidravlik Transportdan yoʻnaltirildi)

Gidravlik transport - materiallarni suv oqimi yordamida tashiydigan transport turi. Bosimsiz va bosimlixillari bor. Bosimsiz G. t.da gidravlik aralashma qiya nov va quvurlar boʻylab siljib, bosimi atmosfera bosimiga teng boʻlgan erkmn sirtga ega boʻladi. Bosimli G. t.da gidravlik aralashma quvurlarda nasoslar hosil qilgan ortiqcha bosim taʼsirida siljiydi. Tashiladigan zarralar, gidravlik aralashma konsentratsiyasining zichligi va oʻlchamlariga hamda quvurning diametriga qarab tezlik qiymati 1,5—2 dan 4—5 m/s gacha boradi. G. t. gidromexanizatsiyada foydali qazilmalarni tashish, ularni boyitish uchun ulardan chiqindilarni chiqarib tashlashda, tuproq inshootlari (toʻgʻon, damba va b.)ni kutarishda, qozon qurilmalaridan shlak, kullarni chiqarib tashlashda, foydali qazilmalarni tashishda, turli materiallar (yogʻoch chiqindilari, qogʻoz massalari, qand va spirt zavodlari xom ashyolari va b.)ni tashishda ishlatiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil