Kontent qismiga oʻtish

Gidravlik zarba

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Gidravlik Zarbadan yoʻnaltirildi)

Gidravlik zarba - qisuvli quvuroʻtkazgichda oqayotgan suyuqlik tezligining tez (bir onda) oʻzgarishi natijasida (mas, zulfin tez yopilganda) suyuqlikda bosimning keskin ortishi. G. z.da bosimning oʻsishi ushbu formula boʻyicha aniqpanadi:Ar =r(*0-v,)s1 bunda Ar — bosimning Pa da oʻzgarishi, r — suyuqlikning kg/m3 dagi zichligi, v„ va ■&, — zulfinni yopguncha va yopishdan keyin quvuroʻtkazgichda m/s da oʻlchangan oʻrtacha tezliklar, s — zarbiy toʻlqinning quvuroʻtkazgich boʻylab tarqalish tezligi. Mutlaq qattiq devorlar holida s tovushning suyuqlikdagi tezligi a ga teng (suvda a =1400 m/s). G. z. bosimi juda katta qiymatlarga erishganda u halokatga olib kelishi mumkin. Ularning oldini olish maqsadida quvuroʻtkazgichlarda saqlagich qurilmalar (tekislagich havzalar, havo qopqoqlari buralma joʻmraklar va b.) oʻrnatiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil