Kontent qismiga oʻtish

Gidroaromatik birikmalar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Gidroaromatik Birikmalardan yoʻnaltirildi)

Gidroaromatik birikmalar, salitsiklik birikmalar —molekulasida besh yoki olti aʼzoli uglerod halqalari saqlovchi organik birikmalar. Noaromatik xossaga ega. Barcha siklik birikmalar kabi G. b. ham bir, ikki yoki undan koʻp alohida halqali (mas, ditsiklogeksil) yoki kondensatlangan halqali (mas, dekalin) boʻladi. G. b.ning suyuqlanish temperaturasi, odatda, ogʻirligi unga yaqinroq boʻlgan parafin uglevodorodlarnikidan pastroq. Qaynash temperaturasi, zichligi, sindirish koʻrsatkichi xuddi shuncha uglerod atomi bor parafin uglevodorodlarnikidan koʻproq va tegishli aromatik uglevodorodlarnikidan kamroq.

G. b.ning xossalari parafin uglevodorodlarning xossalariga yaqin. G. b. oksidlansa yon zanjiri oksidlanishi hisobiga naften kislotalar hosil boʻladi yoki halqa uzilib shuncha uglerod atomiga ega ikki asosli kislota chiqadi, mas, siklogeksanni oksidlab, adipin kislota hosil qilinadi. Bu kislota naylon polimeri i.ch.ga ketadi. Besh aʼzoli G. b. gidrogenoliz reaksiyasi orqali — parafin va izoparafin uglevodorodlargt, olti aʼzolilari esa digidrogenlanib, tegishli aromatik uglevodorodlarnk hosil qiladi. G. b. turli tabiiy organik birikmalar, mas, efir moylari, skipidar, antibiotiklar (streptomitsin), A va D vitaminlar, alkaloidlar tarkibiga kiradi.

G. b. yoqilgʻilar va surkov moylari sifatiga yaxshi taʼsir etuvchi komponentlardir. Ular benzinning antidetonatsion xossalariii yaxshilaydi, surkov moylari va kerosinning qotish temperaturasini pasaytiradi, dizel yonilgʻilarning kaloriyasini oshiradi, sifatini yaxshilaydi. G. b. ichida eng koʻp qoʻllaniladigani siklogeksan; u kaprolaktam, adipin kislota va sintetik tolalar i.ch.ga ketadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil