Kontent qismiga oʻtish

Gidrologik hisoblashlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Gidrologik Hisoblashlardan yoʻnaltirildi)

Gidrologik hisoblashlar - muhandislik yoki amaliy gidrologiyaning boʻlimlaridan biri. Alohida fan sifatida 19-asrning 2-yarmida shakllana boshlagan. G.h.ning vazifasi daryolar suv rejimining turli miqdoriy koʻrsatkichlari (suv sathi, suv sarfi, oqim moduli, oqim qalinligi, oqim koeffitsiyenti va b.)ning qiymatlarini hisoblash va aniqlash usullarini ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etishdan iborat. G. h.da turli hisoblash usullari qoʻllanadi. Bunda matematik statistika, ehtimollar nazariyasi, haritagrafiya fanlari yutuqlaridan foydalaniladi. Kam yoki umuman oʻrganilmagan daryolarning oqim meʼyori (normasi), bahorgiyozgi toʻlinsuv hamda kuzgi-qishki kam suvli davrlardagi oqim miqdorlari, oqimning yil davomida taqsimlanishi, uning eng katta va eng kichik qiymatlari, loyqa oqiziqlari koʻrsatkichlari, temperatura rejimi, gidrokimyoviy koʻrsatkichlari va b. aniqlanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil