Kontent qismiga oʻtish

Muhammad Garay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Gireydan yoʻnaltirildi)

Muhammad Garay, Geray, Girey (? - 1523) - Qrim xoni (1515— 23). Mengli-Garaynmt katta oʻgʻli. Otasi davridayoq u Rus davlatiga nisbatan adovat bilan qaragan. Katta qoʻshinga boshchilik qilib, Rus davlatining jan. viloyatlariga chopqun uyushtirgan (1507, 1512, 1513, 1515-yillar). 1515-yilda taxtga oʻtirib, Qrim xonligiga 8 ta rus shaharlari — Bryansk, Novgorod-Se-versk va boshqalarni, polyak qiroli Sigiz-mundga Smolensk shahrini berishni talab qilgan. 1516—17 yillarda Rus yerlariga yangi talonchilik yurishlari tashkil etishda qatnashgan. Qrimda Rus davlati tarafdori boʻlgan Mirza Oppoqtaʼsirining ortishi qisqa muddatli rus-qrim ittifoqiga olib kelgan. M. G. ruslarga qarshi Sigizmund bilan ittifoqda birlashib (1520), 1521-yilda Qozonda Shoh Alixon (Moskvaning buyuk knyazi Vasiliy III Ivanovichning gumashtasi)ga qarshi fitna uyushtirgan va ukasi Sohib-Garaynit xon boʻlishiga yordam bergan. M.G. Moskvani egallash uchun Qrim va Qozon tatarlariga bosh boʻlib yurish qilgan. M.G.ning qoʻshini Moskvadan 60 km jan.da toʻxtagan, rus qoʻshinlarining yaqinlashayotganidan xabardor boʻlgach, juda koʻp aholini asir olib qaytib ketgan. 1522-yil dekabrda noʻgʻaylar bilan birga Astraxonga yurish uyushtirgan, shunda noʻgʻaylar mirzasi Agish tomonidan oʻldirilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil