Kontent qismiga oʻtish

Jirobus

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Girobusdan yoʻnaltirildi)

Jirobus, girobus (yun. geros — doyra va lotincha (omni) bus — barcha uchun) — mexanik energiya akkumulyatori — zalvar massasi (maxovigi) boʻlgan relssiz oʻziyurar arava. Maxovik toʻplagan kinetik energiya hisobiga harakatlanadi. Qisqa masofalarda yordamchi transport vositasi hisoblanadi; J.dan portlash xavfi boʻlgan obʼyektlarga xizmat koʻrsatish uchun foydalaniladi. 1955 y.dan elektrobuslar ham amalda qisman qoʻllanilmoqda. Ular maxovikli asinxron dvigatel-generator va tortuvchi ele’tr dvigatellardan iborat harakatlantirish agregati bilan jihozlanadi. AQSH da 12 km uzunlikdagi yulovchilar trassasiga xizmat koʻrsatadigan J. tajriba nusxalari tayyorlangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil