Kontent qismiga oʻtish

Girovertikal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Giroufqdan yoʻnaltirildi)

Girovertikal (giro... va vertikal), giroufq — ufq tekisligi yoki haqiqiy vertikal yoʻnalishini hamda biror obyekt (mas, kema) ning ufq tekisligiga nisbatan ogʻish burchagini koʻrsatadigan asbob. Eng oddiy G.— shovun (uchiga zalvar massa, mas, konussimon metall boʻlagi osilgan reja ip.). U fizik mayatnik deb ataladi. Giroskop, giromayatnik, giroinersial vertikal kabi asboblar ham oʻziga xos G. qisoblanadi. G. kemalar va uchish apparatlarida ishlatiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil