Kontent qismiga oʻtish

Neyrogliya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Gliyadan yoʻnaltirildi)

Neyrogliya, gliya (qadimgi yunoncha: νεῦρον - nerv va γλοιός - elim) — nerv toʻqimasining hujayra elementlari; nerv hujayrasi (neyron), oʻsimtalari va miya kapillyarlari oraligʻini toʻldirib turadi. Neyrogliyada makrogliya va mikrogliya hujayralari tafovut qilinadi. Makrogliya ektodermadan rivojlanadi; ependima gliyasi, astrotsitlar va -gogliyadan iborat. Ependima hujayralari birbiriga zich taqalib turadigan yumaloq shaklga ega; ular bosh miya qorinchasi va orqa miyaning markaziy kanali oraliq qismini toʻldirib, mexanik, tayanch va trofik vazifasini oʻtaydi. Astrogliya — yulduzsimon qujayralar oʻz oʻsimtalari bilan chigallashib, miya poyasini hosil qiladi. Uning asosiy elementi gematoense-falik baryer boʻlib, suv-tuz almashi-nuvini nazorat qiladi. Oligogliya hujayralari mayda, kalta oʻsiqchalari bor, neyron va aksonlar tanasini oʻrab turadi, akson miyelin qobigʻining hosil boʻlishida ishtirok etadi, neyronlarga moddalar tashilishini taʼminlaydi. Mikrogliya hujayralari oʻsiqchalari ham mayda hujayralar boʻlib, mezenximadan rivojlanadi; fagotsitoz, shuningdek, nerv sistemasida himoya vazifasini bajaradi. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil